Toşkent şahrida soxta yevrotangalar va Qaşqadaryo viloyatida soxta 100 ming sömlik banknotlar muomalaga kiritilgani aniqlangan. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar bermoqda.

Ma’lum qilinişiça, Boş prokuratura huzuridagi departamentning Mirobod tuman bölimi tomonidan tergovga qadar tekşiruv ötkazilgan. Unda bank muassasasiga qaraşli “Markaz” nomli valuta ayirboşlaş şoxobçasiga 2 yevro nominalidagi 2 470 dona jami 4 940 yevro miqdoridagi qalbaki tangalar qabul qilingani aniqlangan.
Bu yerda amaliyot boşqarmasining kassa amaliyotlari va naqd pul muomalasi bölimi xodimlari tomonidan uşbu valutalar tekşirilmasdan qabul qilingan. Oqibatda bank manfaatlariga 59,3 million söm zarar yetkazilgan.
Şuningdek, Departamentning Qaşqadaryo viloyat boşqarmasi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda aniqlanişiça, “M.” MÇJ mol bozorida 2 boş qöyini sotgan fuqaroga notaniş şaxslar 2,1 million söm berib ketgan. Tekşiruv davomida pullardan 100 ming sömlik banknotdan 20 donasi qalbaki ekani ma’lum bölgan.
Qayd etilişiça, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qoğozlar yasaş, ularni ötkaziş) bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.











