Portal talqiniga köra, 600 dollarlik Pixel 6 smartfoni undan qimmatroq turuvçi Pixel 6 Pro kabi funksiyalarni taklif qiladi.
“Şubhasiz, Google Pixel 6 narx va sifat jihatidan 2021 yilda işlab çiqarilgan eng yaxşi smartfondir”, deb aytilgan portalda.
2-örinni Samsung Galaxy S21 Ultra egalladi. Reyting mualliflarining fikriça, uşbu model Samsung taklif qilişi mumkin bölgan “eng yaxşi jihatlar bilan ta’minlangan”.
“Agar siz telefonga mömaygina pul sarflay olsangiz, unda Galaxy S21 Ultra’da quvvatlagiçdan taşqari, siz istagan barça narsa bor”, deb ta’kidlab ötişgan reyting mualliflari.
3-örinni Pixel 6 Pro va Galaxy Z Fold3 smartfonlari egallagan. Ikkala qurilma ham teleobektivlar bilan jihozlangan.
Keyingi örinlarni Apple’ning ikkita modeli - iPhone 13 va 13 Pro Max egalladi. Reyting mualliflari Apple smartfonlari bunday “past” baholanganini ular ötgan yilgi modellardan unça farq qilmasligi bilan tuşuntirişgan. Ta’kidlanişiça, ming dollardan qimmatroq turuvçi gadjet Apple taklif qilişi mumkin bölgan eng yaxşi mahsulotga ega bölişni istovçi foydalanuvçilargagina muhim. Aksariyat foydalanuvçilarga 600-800 dollar turuvçi modellar kifoya qiladi.












