O‘zbekiston | 12:42 / 21.12.2021
8841
2 daqiqa o‘qiladi

Deputatlar alkogol va tamaki mahsulotlari tarqatilishini cheklashga doir qonunni qabul qildi

Foto: Shutterstock

21 dekabr kuni bo‘lib o‘tayotgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar «Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risida»gi qonun loyihasini muhokama qilishdi va 3 o‘qishda qabul qilindi.

Ushbu qonun loyihasida quyi palataning avvalgi majlisida atroflicha ko‘rib chiqilgan hamda loyihadagi 22-moddada nazarda tutilgan normalar deputatlarining e’tirozlariga sabab bo‘lib, qo‘mitaga qaytarilgan edi.

Majlisda deputatlarning e’tirozlariga sabab bo‘lgan modda takomiliga yetkazilgani, loyihaga «Alkogol mahsulotlarining reklamasi», «Tamaki mahsulotlari, tamaki hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalarining reklamasi»ni cheklashga doir hamda «O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqilgan ko‘piklanadigan va tabiiy vinolarning reklamasi» kabi alohida moddalar kiritilgani qayd etildi.

Deyarli 1 soat davom etgan muhokamalardan so‘ng, deputatlar tomonidan qonunning bir qancha moddalariga o‘zgartirishlar kiritish taklif qilindi hamda uchinchi o‘qishda qabul qilindi.

Mavzuga oid