Hazrati oliylari! Qirol janobi oliylari, Nobel qömitasining hurmatli a’zolari, muhtaram mehmonlar!

8 oktyabr kuni ertalab menga onam qönğiroq qildi. Nima yangiliklar, deb söradi.

— Mana, — dedim, — oyi, Nobel mukofoti olibmiz...

— Bu yaxşi. Yana nima yangilik bor?

...Hozir, onam, hammasini senga hikoya qilib beraman.

* * *

«Aminmanki, fikr erkinligi boşqa fuqaroviy erkinliklar qatori taraqqiyot asosi sanaladi.

Men insonlar taqdiri şakllanişida fuqaroviy va siyosiy erkinliklar hal qiluvçi ahamiyatga ega ekanligi haqidagi tezis tarafdoriman!

Aniq aminmanki, xalqaro işonç, <…> qurolsizlaniş va xavfsizlik jamiyatning oçiqligi, axborot, fikr erkinligi va oşkoraliksiz mavjud bölolmaydi <…>.

Tinçlik, taraqqiyot, inson haqlari — bu uç maqsad çambarças boğliq».

Bular — Yer sayyorasi fuqarosi, buyuk faylasuf, akademik Andrey Saxarovning Nobel marosimidagi nutqidan parçalar.

Bu nutqni xuddi şu yerda, şu şaharda 1975 yilning 11 dekabrida uning rafiqasi Yelena Bonner öqib bergan.

Men Saxarovning sözlari şu yerda, butun jahonga maşhur zalda ikkinçi bor yangraşini zarurat deya sanadim.

Nega bu narsa hozir biz uçun, men uçun şu qadar muhim?

Dunyo demokratiyani yomon körib qoldi.

Dunyo boşqaruvdagi elitalardan hafsalasi pir böldi.

Dunyo diktatura tomon qöl çözdi.

Taraqqiyotga inson haqlari va erkinliklariga rioya qiliş bilan emas, texnologiyalar va zulm bilan ham erişsa böladi, degan sarob hosil böldi.

Erkinliksiz mana şunday taraqqiyot.

Sigirsiz ana şunday sut…

Diktaturalar özlariga zulmdan osongina foydalaniş imkoniyatini yaratib olişdi.