Ma’lumotlarga köra, loyihani Teollisuuden Voima kompaniyasi amalga oşirgan. Reaktorni işga tuşiriş uçun tegişli ruxsat bir hafta oldin Radiatsiya va yadro xavfsizligi markazi STUK tomonidan berilgan.  

Yangi reaktorda elektr energiya olişni u milliy elektr tarmoğiga ulangandan keyin, ya’ni yanvar oxirida boşlaş rejalaştirilgan. 6 oyga yaqin davom etadigan sinov vaqti davomida reaktor turli quvvatlardan foydalanib energiya işlab çiqaradi. U iyundan boşlab tölaqonli işlay boşlaydi. Şunda reaktor yordamida mamlakatdagi butun elektr energiyaning 15 foizga yaqini olinadi.

Teollisuuden Voima’da ta’kidlanişiça, Finlandiyada oxirgi marta atom elektr stansiyasi 40 yildan köproq vaqt avval, Yevropada esa 15 yil avval işga tuşirilgan.