Rossiyani yengib bölmaydi, uni faqatgina içidan parçalaş mumkin, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin yillik matbuot anjumanida.

Bi-bi-si rus xizmati muxbiri Pyotr Kozlov Putinga taşkilot va OAVlarni xorijiy agent deb e’tirof etiş holatlari soni keskin ösişi nima bilan boğliqligi va u öz harakatlari bilan bölajak uruş va inqiloblar uçun zamin yaratayotganidan xavfsiramayotgani töğrisida savol berdi.

«Tarix haqida gapiradigan bölsak, raqiblarimiz asrlar davomida aytib kelgan sözlarni eslatib ötmoqçiman. Rossiyani yengib bölmaydi, uni faqatgina içidan parçalaş mumkin. Bu Birinçi jahon uruşi davrida – aniqroği, uning natijasida va 90-yillarda, sovet ittifoqini parçalaşganida muvaffaqiyatli amalga oşirilgan», — dedi Putin.

23 dekabr kuni Vladimir Putin özining 17-matbuot anjumanini ötkazdi. Bu yilgi matbuot anjumanida qatnaşiş uçun 500dan ortiq jurnalist röyxatdan ötgan.

Ötgan yilgi matbuot anjumani 4 soat 29 daqiqa davom etgan.