"Yöl qurgan savob" – deyişadi. Bu galgi qahramonimiz issiq kunlarda ham, sovuq kunlarda ham yöl qurayotgan oddiy işçi. Avazbek Jumaboyev 20 yildan buyon Böston tumani yöllardan foydalaniş unitar korxonasi işçisi bölib işlaydi. Şu davr mobaynida juda köp yöllarni asfaltlaş va şağallaşda iştirok etgan.

“Kasbimdan nolimayman. Mana şu yerda işlab, bola-çaqa boqyapman. Farzandlarim bor, oilaliman. Uç farzandimdan ikkitasi kontrakt asosida öqiydi. Yozda, 40-45 daraja issiq kunlarda ham asfaltlar keladi. Issiqni issiq, sovuqni sovuq demasdan asfalt bosamiz. Bu işga ham qarab qolmaymiz. Dehqonçiligimiz ham bor. Bolalarimiz voyaga yetib qoldi. Ular yordam qilib, oilaviy muhitimiz mustahkam bölgani uçun yönalişimiz yaxşi”, – deydi biz bilan suhbatda Avazbek Jumaboyev.

Oddiy işçi bölgani uçun Avazbek aka farzandlarini öqitişni niyat qilgan. Hozirda uç nafar farzandining ikkitasi kontrakt, bittasi budjet asosida ta’lim olmoqda. Qahramonimiz öz işidan mamnun.

Abduvali Qurbonov,

Tasvirçi Azizbek Ismoilov,

Montaj ustasi Muhiddin Nido