Andijon viloyati Böston tumani hokimining investitsiya masalalari böyiça örinbosari va qişloq xöjaligi masalalari böyiça örinbosari korrupsiyada ayblanib qölga olindi.
Davlat xavfsizlik xizmati xabariga köra, ikki örinbosar özaro til biriktirib, tumanda faoliyat yurituvçi fermer xöjaligining 500 ming dollarlik eksport rejasini fiktiv operatsiyalar orqali yopib beriş uçun fuqarodan 65 mln söm pora talab qilgan.
Joriy yil avgust oyida Böston hokimining qişloq xöjaligi masalalari böyiça örinbosari avans tariqasida 25 mln söm olgan. U qolgan 40 mln sömni hokimning investitsiya masalalari böyiça örinbosari orqali olgan vaqtida uşlangan.
Ularga nisbatan JKning 210-moddasi “v” va “g” bandlari (bir guruh mansabdor şaxslarning oldindan til biriktirgan holda, tamagirlik yöli bilan pora olişi) bilan jinoyat işi qözğatilgan va “qamoq” ehtiyot çorasi qöllangan.
Qayd etiş lozim, DXX 2024 yil iyul oyida ham Böston tumani hokimining qişloq xöjaligi masalalari böyiça örinbosari lavozimida işlagan 10 ming dollar pora bilan uşlangani haqida xabar bergandi.











