Qayd etilişiça, sönggi 5 yilda OKMK mis işlab çiqariş hajmini sezilarli darajada oşirdi. 2017 yilda 109 885 tonna mis işlab çiqarilgan bölsa, hozirgi kunda kombinat 148,5 ming tonna mis işlab çiqarmoqda. 

 “Yoşlik 1 konini özlaştiriş” investitsiya loyihasi töliq işga tuşirilgaç, 2029 yilga borib kombinat 400 ming tonna katodli mis, 50 tonna oltin, 270 tonna kumuş işlab çiqarişga erişadi.
 
Ma’lum qilinişiça, bugungi kunda işlab çiqarilayotgan misning 60-70 foizi xomaşyo sifatida xorij davlatlariga eksport qilinadi.  Özbekistonning mis sanoatidan oladigan daromadi ayni paytda 2,5 milliard dollarni taşkil etadi. 

“Agar 2029 yilga kelib mis işlab çiqarişni 400 ming tonnagaça oşirişga erişsak, bu körsatkiç hisobiga 7-8 milliard AQŞ dollariga yetkaziş mumkin böladi”, deyiladi xabarda.