Havas 200-diskaunterini Toshkent shahrida ochdi

Foto: Havas
Hamyonbop narxlar va qulay xarid sharoitlariga ega Havas 200–yubiley do‘koni Toshkent shahri, Yunusobod tumanida, Yunus ota ko‘chasi, «Bobodehqon» MFY, 8-uy manzil bo‘yicha ochildi.
Havas diskaunterlar tarmog‘i yanada ko‘proq odamlarni yangi va sifatli mahsulotlar, arzonroq narxlar hamda yoqimli xaridlar uchun qulay sharoitlar bilan ta’minlash maqsadida faol ravishda kengaymoqda.
Ushbu muhim maqsad yo‘lida Havas o‘zining 200-yubiley do‘konini ochdi. Demak, yana bir tuman aholisi mahsulotlarni hamyonbop narxlarda va uyidan uzoqlashmagan holda qulay xarid qilishi mumkin.
200 do‘kon — bu iste’molchilarning mahsulotlar sifati, narxi va butun tarmoq xodimlariga bildirayotgan ishonchidir. Bu, shuningdek, Havas’ning mamlakatdagi eng yirik va tez rivojlanayotgan chakana savdo tarmoqlaridan biriga aylanayotganidan dalolat beradi.

Eng zarur mahsulotlar hamyonbop narxlarda
Bugungi kunda chakana savdo dunyosida less is more (kamroq — ko‘proq demak) tushunchasi ommalashib bormoqda. Uning mohiyati shundaki, do‘konlar xaridorlarga zaruriy va muhim mahsulotlarning nisbatan kichik assortimentini taklif qilib, asosiy e’tiborni mahsulotlar sifati hamda narxlar hamyonbopligiga qaratadi. Bu konsepsiya dunyoning bir qator mamlakatlarida keng qo‘llanadi.

Havas’ning afzalligi shundaki, u yerda ko‘p vaqt sarflamagan holda ro‘zg‘oringiz uchun zarur bo‘lgan barcha mahsulotlarni arzonroq narxlarda sotib olishingiz mumkin. Demak, xaridorlar mahsulot hamda narxlarni solishtirishga sarflanadigan vaqtini tejab qolishi va uni hordiq chiqarish, oilasi bilan o‘tkazish va boshqa muhim ishlar bilan shug‘ullanishga sarflashi mumkin.

Foydali xaridlar uyingiz yaqinida
Doimiy hamyonbop narxlar, sarxil oziq-ovqatlar, yuqori sifatli uy-ro‘zg‘or buyumlari, e’tiborli xodimlar hamda uyingizga yaqin joylashuv — shubhasiz, o‘n minglab doimiy mijoz Havas’ni qadrlashi va yaxshi ko‘rishi uchun yetarli sabablardir.

Havas diskaunterlar tarmog‘i sevimli brendlaringiz mahsulotlarini hamyonbop narxlarda sotib olish va uyingiz uchun kundalik xaridlarni qulay sharoitlarda amalga oshirish imkoniyatidan tashqari, har hafta foydali takliflar va muntazam chegirmalarni taqdim etadi.

200-do‘kon — bu chegara emas. Havas diskaunterlar tarmog‘i kelgusi yilda ham zaruriy mahsulotlarni arzonroq narxlarda taklif etishda davom etadi va xaridorlar ishonchini oqlash uchun Toshkent shahri hamda viloyatida do‘konlar sonini ko‘paytirish bo‘yicha faol ish olib boradi.
«Havas — arzonroq va yanada yaqinroq!»
Ma’lumot markazi: (+998) 71−205−95−95.
Yangi filial manzili: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Yunus ota ko‘chasi, “Bobodehqon” MFY, 8-uy.
Sayt: havasfood.uz
Facebook: fb.com/havasuz
Instagram: @havasuz
Telegram: t.me/havasuz
Reklama huquqi asosida
Tavsiya etamiz
Yirik hisob retsepti. Arteta Anchelottini qanday dog‘da qoldirdi?
Sport | 11:29 / 09.04.2025
Importga cheklovlar: mas’ul va faollar o‘rtasida qizg‘in tortishuv
O‘zbekiston | 22:40 / 08.04.2025
YeChLda chorakfinal. «Real» va «Arsenal» o‘yinida kim favorit?
Sport | 19:34 / 08.04.2025
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi
O‘zbekiston | 23:03 / 07.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Stiv Uitkoff Eronning yuqori martabali vakillari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazadi
Jahon | 00:11
-
Xitoy Trampning bojlariga javoban Hollivud filmlari importini qisqartiradi
Jahon | 23:36 / 10.04.2025
-
Bill Geyts farzandlariga milliardlab dollar meros qoldirmasligini ma’lum qildi
Jahon | 23:29 / 10.04.2025
-
Yangi O‘zbekiston ko‘chasining bir qismi 1 sentabrga qadar yopiladi
Jamiyat | 23:10 / 10.04.2025
Mavzuga oid

18:57 / 19.03.2025
Havas tarmog‘i iste’molchi huquqlarini ta’minlash bo‘yicha eng yaxshi kompaniya nomiga sazovor bo‘ldi

09:00 / 07.03.2024
O‘zbekistondagi ilk diskaunterlar tarmog‘i - Havas'ga 5 yil to‘ldi

09:00 / 19.12.2023
Markaziy Osiyodagi do‘konlar soni bo‘yicha yirik chakana savdo tarmog‘i bo‘lmish Havas uch yuzinchi yubiley do‘konini ochdi

13:00 / 06.06.2023