O‘zbekistonliklarni Boliviya, Kolumbiya va Meksika orqali Amerikaga yubormoqchi bo‘lgan guruh a’zolari qo‘lga olindi
DXX Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi va viloyat IIB xodimlari 2 nafar fuqaroni 60 ming dollar evaziga noqonuniy ravishda AQShga yuborishini aytib, oldindan 20 ming dollar olgan firibgarlarni qo‘lga olgan.
Qayd etilishicha, tezkor tadbir davomida Samarqand tumanida yashovchi, 1985 va 1991 yillarda tug‘ilgan 2 nafar shaxs Samarqand shahrida istiqomat qiluvchi 2 kishini Amerika Qo‘shma Shtatlariga yuborish uchun ularning har biridan 30 ming dollardan, jami 60 ming AQSh dollari talab qilib, oldindan 20 ming dollar olgan vaqtlarida ushlangan.
Surishtiruvlardan so‘ng qonunbuzarlar O‘zbekiston fuqarolarini “O‘zbekiston–Turkiya–Boliviya–Kolumbiya–Meksika–AQSh” yo‘nalishi orqali manziliga yetkazib qo‘yishni rejalashtirgani aniqlangan.
Ular mijozlariga yo‘lga chiqishdan avval PZR-test ma’lumotnomasiga va hisobida 4 ming AQSh dollari bo‘lgan VISA-kartaga ega bo‘lishlari kerakligi hamda har bir davlat hududida ularni kuzatib qo‘yuvchi shaxslarning talablarini, jumladan, Amazonka daryosining Kolumbiyadan oqib o‘tuvchi qismidan va Meksikaning o‘rmonlaridan o‘tib olish bo‘yicha talablarini bajarishlari zarurligini tushuntirishgan.
Bundan tashqari, tezkor tadbir davomida hibsga olingan shaxslarda 60 nafardan ortiq fuqaroning pasport nusxalari borligi ham aniqlangan.
“Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.
Avvalroq “Amerika orzusi” yo‘lida minglab odamlar qatori o‘zbekistonliklar ham jonini xatarga qo‘yayotgani, Meksika va AQSh chegarasini noqonuniy kesib o‘tmoqchi bo‘lgan o‘zbekistonliklar qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
Toshkentda yana bir avtosalon egasi qamoqqa olindi
O‘zbekiston | 19:54 / 24.01.2025
Daniya, AQSh yoki mustaqillik: Grenlandiya "kimniki?"
Jahon | 17:40 / 24.01.2025
2025 yilgi global xatarlar qaysi? Jahon iqtisodiy forumi hisoboti
Iqtisodiyot | 21:23 / 23.01.2025
Donald Trampning qaytishi qanday oqibatlarga olib keladi?
Jahon | 20:30 / 23.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Gvardiola Husanovning debyuti haqida: «Har qanday o‘yinchi xatoga yo‘l qo‘yishi mumkin, u hali yosh va albatta o‘rganadi»
Sport | 01:58
-
Germaniyalik muhandis suv ostida 120 kun yashab, rekord o‘rnatdi
Jahon | 01:50
-
Niderlandiyada muzeydan namoyishga qo‘yilgan Ruminiya xazinalari o‘g‘irlab ketildi
Jahon | 01:32
-
G‘arbiy sohilda Isroil ozod qilgan falastinliklar tantana bilan kutib olindi - video
Jahon | 01:00
Mavzuga oid
18:38 / 11.12.2024
Markaziy Osiyoda odam savdosi ko‘rsatkichlari pasaymayapti – BMT
19:17 / 28.11.2024
Sakkiz yildan beri qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Turkiyada qo‘lga olindi
15:24 / 25.11.2024
Turkiyada odam savdosi qurboniga aylangan o‘zbekistonlikka yordam ko‘rsatildi
22:30 / 25.10.2024