Özbekistonning umumiy taşqi qarzi joriy yilning boşiga nisbatan 11 foizga yoki 3,7 mlrd dollarga oşib, 2021 yil 1 oktabr holatiga 37,6 mlrd dollarni (joriy yilning 1 yanvar holatiga 33,8 mlrd dollar) taşkil qilmoqda.

Xususan, yil boşiga nisbatan davlat taşqi qarzi 7 foizga yoki 1,5 mlrd dollarga ösib 22,9 mlrd dollarni, davlat tomonidan kafolatlanmagan (yoki xususiy) taşqi qarz esa 18 foizga, yoki 2,2 mlrd dollarga ösib 14,7 mlrd dollarni taşkil etgan.

2021 yilning 9 oyida xususiy sektor tomonidan 4,7 mlrd dollar miqdoridagi qarzdorlik jalb qilindi. Uşbu qarzlarning — 2,2 mlrd dollari banklar hissasiga, 1,1 mlrd dollari neftgaz va energetika sektoridagi korxonalarga, 447,2 mln dollari toğ-kon va metallurgiya sanoati sektori va 1 mlrd dollari iqtisodiyotning boşqa sektorlari hissasiga töğri kelgan.

Hisobot davri mobaynida davlat taşqi qarzi böyiça 621,8 mln dollar miqdoridagi asosiy qarz va 307,6 mln dollar miqdordagi foiz tölovlari amalga oşirilgan.

Xususiy taşqi qarz tölovlari esa asosiy qarz böyiça 2,4 mlrd dollar va foiz tölovlari böyiça 331,1 mln dollarni taşkil qilgan.

Qabul qilinişi kutilayotgan “Davlat qarzi töğrisida”gi qonun loyihasida davlat qarzi summasining YaIMga nisbatan eng yuqori miqdori 60 foizdan oşmasligi, davlat qarzi hisobidan faqat ijtimoiy va infratuzilma loyihalarini moliyalaştiriş mumkinligi haqidagi qoidalar nazarda tutilmoqda.