20 dekabr kuni Kun.uz saytida e’lon qilingan maqolada joylardagi içki işlar organlari rahbarlari bir-biri bilan kimözarga raqobatlaşayotgani, buning jabrini profilaktika inspektorlari va fuqarolar tortayotgani, bunday holat Toşkent viloyatining Yangiyöl tumanida ham avj olgani haqida söz boradi.
Kun.uz’ga yuborilgan audioda Yangiyöl tumani 2-sonli IIB boşliği podpolkovnik Olim Sobirov ekani aytilayotgan şaxs qöl ostidagi profilaktika inspektorlariga Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 183- va 187-moddalari, ya’ni mayda bezorilik hamda jamoat joyida algokol içişga oid huquqbuzarliklar böyiça ikkitadan ma’muriy bayonnoma tuzib, ertalabki yiğilişga olib keliş haqida topşiriq berayotgani aks etgan.
Içki işlar vazirligi şu kunning özida holat yuzasidan rasmiy bayonot berib, maqolada körsatilgan vajlar böyiça tekşiruv ötkazilayotganini ma’lum qilgandi. Kun.uz muxbiri 25 dekabr kuni Farğonada jurnalist va blogerlar bilan uçraşgan Içki işlar vaziri matbuot kotibi Şohrux Ğiyosovdan holat böyiça izoh oldi.

«Xizmat tekşiruvi odatda kadrlar boşqarmasi yoki şaxsiy xavfsizlik boşqarmasi tomonidan amalga oşiriladi. Albatta, kim aynan şunday topşiriq bergan bölsa, şaxsi aniqlanadi, nima uçun bunday topşiriq bergani, qanday holatda bu narsa röy bergani barça holat örganiladi.
Vaj qilinayotgan barça ma’lumotlar örganilib, oxirida barça harakatlarga huquqiy baho berilgandan keyin töliq oçiqlab beriş imkoniyatimiz böladi.
Saytlar va ijtimoiy tarmoqlarda çiqqan har bir holatni töliq örganamiz. Jumladan, Anvar Sultonov va Olim Sobirov xodimlardan majburiy plan talab qilib kelgani, Olim Sobirov xodimlardan pul talab qilgani böyiça ma’lumotlar ayni paytda tekşirilmoqda. Hozir bu haqda aniq bir narsa deya olmayman. Tekşiruv tugaganidan keyingina qanday huquqiy çora körilganini aytişim mumkin.
Xodimlarning aybi aniqlanadigan bölsa, haqiqatan şunday holat röy bergani tasdiqlansa, ularga qat’iy ta’sir çorasi köriladi. Bunga hozirgi paytda şak-şubha bölişi mumkin emas. Çunki aynan xodimlarning aybi bilan tizimga doğ tuşiriş holatlariga qarşi keskin kuraşyapmiz. Bundan buyon bu kabi holatlarga yöl qöyib bölmaydi», degan u.










