2021 yil özbek futbolida voqealarga boy böldi. Ammo, xorijdagi legionerlar mavsum davomida har qança quvonçimizga sabab bölişmasin, yakunlanayotgan yil futbolimizda unutilmas ğalaba va quvonçli onlar bilan emas, köproq milliy jamoamizning tarixiy muvaffaqiyatsizligi hamda özgarişlar bilan yodda qoldi. Tribuna.uz sayti 2021 yilda özbek futbolida röy bergan eng muhim 10 voqeani saraladi.

Yil muvaffaqiyatsizligi: Özbekiston eng yomon natijasini qayd etdi

Özbek futbolida oxirlab borayotgan 2021 yildagi voqealarni sarhisob qilib, Özbekiston milliy jamoasining muvaffaqiyatsizligidan-da omadsizroq natijani ilğamadik.

Foto: ÖFA

Vadim Abramov boş murabbiyligidagi jamoa JÇ-2022 ikkinçi saralaş bosqiçi 2-davrasiga tayyorgarlik uçun qariyb 1,5 yil vaqtga ega bölsa-da, pandemiya sababli Saudiya Arabistoniga köçirilgan markazlaşgan turnirga tayyor emasligi körinib qoldi. Iyun oyida Özbekiston 3-bosqiçga çiqiş yölidagi hal qiluvçi öyinda safarda Saudiya Arabistoniga yirik hisobda yutqazdi (0:3) va öz tarixida ilk bor 2-bosqiçdayoq JÇ yöllanmasidan mahrum böldi. Şu tariqa, muxlislar azaliy orzu bölib qolayotgan navbatdagi mundial bilan juda erta xayrlaşişdi.

Yil özgarişi: Xayr Abramov, salom Katanets!

Özbekiston milliy jamoasi jahon çempionatlari saralaşidagi eng yomon natijasini qayd etgaç, 19 iyun kuni ÖFAda katta yiğiliş ötkazildi. Unda ÖFA prezidenti Abdusalom Azizov milliy jamoa boş murabbiyi Vadim Abramov va murabbiylar ştabi töliq tarkibda iste’foga çiqarilganini e’lon qildi.

Foto: Tribuna.uz

«Özbekiston milliy jamoasi 2019 yil Falastindan mağlub bölgaç, meni boş murabbiy etib tayinlaşgan va oldimga milliy jamoani keyingi bosqiçga olib çiqiş vazifasi qöyilgandi. Ammo pandemiya tufayli Şimoliy Koreya JÇ-2022 saralaşidan çiqib ketdi va FIFA boşqa guruhlardagi 2-örindagi jamoalardan 6 oçko olib taşladi. Oxir-oqibat Livan 10 oçko bilan keyingi bosqiçga çiqdi, Özbekiston esa 15 oçko bilan qolib ketdi. Boş murabbiy sifatida hamma aybni öz böyimniga olaman. Futbol muxlislaridan uzr sörayman. Murabbiy bölib işlaganimda ikki markaziy himoyaçi va darvozabonni tayyorlay olmadik. Bu muammo bizga pand berdi.

Odil Ahmedov nima uçun himoyada öynadi? Öyindan oldin aksariyat futbolçilar kelib, Odil himoyada öynamoqçi ekanligini aytişdi. Aniqroği, Aziz Haydarov kelib şunday dedi. Yakunda birgalikda şunday qarorga keldik. Futbolçilar bu haqda söraganidan keyin buni rad eta olmadim va Ahmedov himoyaga qöyilgandi», – dedi Vadim Karlenoviç. Bu uning milliy jamoa boş murabbiyi sifatidagi sönggi sözlari böldi.