Farğona şahridagi Metan «zapravka»lar holatini kuzatdik. Barça joyda turnaqator navbatlar vujudga kelgan. AGTKSlardan biriga borib haydovçilar bilan suhbatlaşdik.
Haydovçilardan biri Fayozjon Muxtorov zapravkalarda kuzatilayotgan holat böyiça quyidagilarni sözlab berdi:

«Zapravkaga tong sahar 5:00 da kelgan edik. Navbatimiz yetib kelganida esa 12:00 da zapravkani berkitib qöyişdi. Xohlaysizmi, yöqmi buning oqibatida yölkira narxi oşdi. Xalq “dod” deyapti. Qişning kuni, avtomobillarga gaz quyiş şoxobçalarida gaz yöq, benzin qimmat bölsa.

Maşinam benzinga yurmaydi, gazga moslaşib qolgan. Endi gazni qayerdan quyamiz? Maşinamizni zapravka hududiga taşlab ketib bölmaydi. Bu yerda qolib ketsa, işonib bölmaydi. 6 soatdan beri navbatda turibmiz. Ertaroq borib navbat oliş maqsadida uydan tong saharda çoy ham içmay çiqib ketgan edik.
Kirakaşlik qilaman. Gaz taqçilligi tufayli yölkira narxini oşirsak, odamlar pulni oğrinib beradi. Mana endi noilojlikdan uyga qaytyapmiz. Qişning kunida iş yöq. Gaz boşqa zapravkalarda ham yöq. Qaçon yaxşi böladi gaz? Xalq nima qilişi kerak?» – deydi Fayozjon Muxtorov.

Navbati kelay deganda zapravka eşiklari berkilib uyga qaytayotgan haydovçi Abror Abdullayev ham AGTKSlarda yuzaga kelayotgan holat böyiça öz munosabatini bildirdi:

«3-4 kundan beri zapravkalarda şunday holat kuzatilyapti. AGTKS ga erta sahar 4:30-5:00 larda kelgan edim. Navbatda turdik. 4 marta navbat siljidi. Şu bilan soat 12 da zapravka darvozasini berkitib qöyişdi. Keça ham, undan oldingi kuni ham şu ahvol edi.














