Toşkent şahrida joylaşgan «Samarqand darvoza» savdo majmuasi oldida 1 yanvar kuni fuqarolar Yangi yilni nişonlaş maqsadida qölbola «ognetuşitel» portlatgani, oqibatda holatni videoga olayotgan 3 kişi jarohatlangani xabar qilingandi. Şahar Içki işlar boş boşqarmasi holat böyiça qöşimça ma’lumot berdi.

Portlaş şu kuni soat 00:45 atrofida Şayxontohur tumani Qoratoş köçasida sodir bölgan. Bayram bahona yiğilgan bir neçta fuqarolar avtoyölni ajratib turuvçi tösiqqa muşakbozlik qiliş maqsadida qölbola usulda yasalgan öt öçiriş moslamasini joylaştirgan. Tagidan olov yoqilişi oqibatida moslama portlab, bölaklarga bölinib ketgan.

Içki işlar vazirligi bergan ma’lumotga köra, portlaş oqibatida M.S. (1997 yilda tuğilgan) qorin yumşoq töqimalari lat yeyişi, M.A. (1999 yilda tuğilgan) öng oyoq boldir, tovon sohalari yirtilgan jarohati hamda X.N. (2006 yilda tuğilgan) öng oyoq panja qismi yirtilgan, majaqlangan jarohati, oyoq barmoqlari notöliq amputatsiyasi taşxisi bilan turli körinişdagi tan jarohati olgan.

Toşkent IIBB esa ikki fuqaro (1996 yilda tuğilgan M.A. va 2006 yilda tuğilgan X.N.) jarohatlanganini ma’lum qildi.

Qayd etilişiça, holat yuzasidan I.A., U.M., A.L., Z.X. ismli fuqarolarga nisbatan Jinoyat kodeksining 250-moddasi (portlaş xavfi bölgan moddalar yoki pirotexnika buyumlaridan foydalaniş qoidalarini buziş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.