Qayd etilişiça, davlat maktabgaça ta’lim taşkilotlarida quyidagi guruhlar taşkil qilinadi: töliq kunlik guruhlar; qisqa muddatli guruhlar; majburiy bepul tayyorlov guruhlari.

Maktabgaça ta’lim tizimiga xususiy sektor mablağlarini jalb qiliş orqali yangi nodavlat maktabgaça ta’lim taşkilotlari taşkil etiladi. 2022 yilda davlat-xususiy şerikçiligi asosidagi 1300 ta nodavlat maktabgaça ta’lim taşkilotlari hamda oilaviy maktabgaça ta’lim taşkilotlari faoliyati yölga qöyiladi.

Maktabgaça ta’lim tizimida ta’lim sifatini yangi bosqiçga olib çiqiş ham közda tutilgan. Boğça xodimlarining professional tayyorgarligi va mahoratini oşirib borişning takomillaştirilgan tizimi joriy etiladi. Maktabgaça ta’lim tizimi xodimlarining malakasini oşiriş şakl va metodikalari xalqaro tajriba asosida qayta körib çiqiladi.

Hududlarda davlat va nodavlat maktabgaça ta’lim taşkilotlari rahbar va pedagog kadrlarining kredit-modul tizimiga asoslangan uzluksiz malaka oşiriş tizimi joriy etiladi. Maktabgaça ta’lim tizimi boşqaruv kadrlari zaxirasini maqsadli öqitiş tizimi yölga qöyiladi.