Qozoğistonning Manğistau oblasti ma’muriy markazi Aqtau şahri aeroportiga ikkita harbiy-transport samolyotlari yetib keldi, deb xabar berdi KazTAG.
Agentlikning xabariga köra, gaz narxi oşişi sababli Manğistau oblastida norozilik namoyişi iştirokçilari soni köpaymoqda, Aqtau şahriga milliy gvardiya harbiylari taşlangan. Ammo şahar hokimligi “bunday ma’lumotga ega emas”ligini bildirgan.
Oblastdagi ayrim işçilar iş taşlaş bilan tahdid qilgan.
Avvalroq 2 yanvar kuni Janaözan şahri aholisi gaz narxi kötarilganidan norozilik bildirgani va hukumatdan narxni ikki baravarga kamaytirişni talab qilgani töğrisida xabar berilgandi.
3 yanvar kuni Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev respublika hukumatiga “Janaözandagi vaziyatni zudlik bilan körib çiqiş” böyiça topşiriq berganini ma’lum qilgan.
Öz navbatida, vazirlar mahkamasi Manğistau oblastidagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni körib çiqiş böyiça komissiya tuzilganini va gaz narxini barqarorlaştiriş böyiça çora-tadbirlar amalga oşirilişini bildirgan.












