Qayd etilişiça, xususiy tibbiyot taşkilotlariga soliqlar böyiça imtiyozlar belgilanadi.

Yangi nodavlat tibbiyot taşkilotlarini taşkil etişda tavsiyalar beriş va uşbu yönalişda qöyilgan talablar xalqaro standartlardan kelib çiqib yengillaştiriladi.

Hududlardagi demografik va kasallaniş körsatkiçlaridan kelib çiqib, zarur yönalişdagi xususiy tibbiyot taşkilotlari taşkil etiladi yoki faoliyat yönalişlari kengaytiriladi.

Tibbiy faoliyatni yuritişda bino va inşootlarning yertöla qismidan foydalaniş yoki laboratoriya va diagnostika bölimlari faoliyatiga qöyilgan talablarni yengillaştirgan holda, xalqaro tajribadan kelib çiqib belgilangan texnik jihatdan tartibga soliş hujjati yangi tahrirda işlab çiqiladi.

Tibbiy faoliyat ixtisosliklarini taşkil etişda moddiy texnik baza va tibbiy asbob-uskunalarga belgilangan eng kam talablar soddalaştiriladi.