2022 yil 1 yanvardan boşlab Özbekiston fuqarolariga xorijga çiqiş biometrik pasportini rasmiylaştiriş va beriş muqobil ravişda (içki işlar bölimlari bilan bir vaqtda) Davlat xizmatlari markazlari orqali ham amalga oşiriladi.

Şuningdek, 1 yanvardan boşlab xorijga çiqiş uçun biometrik pasport beriş uçun tölov miqdori BHMning 1,2 baravari (324 ming söm)dan 1 baravari (270 ming söm)ga tuşirildi.

Ayni vaqtda xorijga çiqiş biometrik pasportini beriş xizmati Toşkent şahrining qator tumanlaridagi va asosan viloyat markazlaridagi Davlat xizmatlari markazlarida yölga qöyilgan.

Davlat xizmatlari agentligi ma’lum qilişiça, 2022 yil yakuniga qadar bosqiçma-bosqiç barça Davlat xizmatlari markazlarida uşbu imkoniyatni yaratiş rejalaştirilgan.

Xorijga çiqiş biometrik pasportini beriş xizmati joriy etilgan Davlat xizmatlari markazlari röyxati:

  • Toşkent şahri Mirobod, Yaşnobod, Uçtepa, Olmazor, Şayxontohur, Yangihayot, Çilonzor tumanlari Davlat xizmatlari markazlarida (6 yanvardan Yakkasaroy, Yunusobod, Sergeli, Mirzo Uluğbek tumanlari Davlat xizmatlari markazlarida);
  • Samarqand şahar Davlat xizmatlari markazida;
  • Andijon şahar Davlat xizmatlari markazida;
  • Farğona şahar Davlat xizmatlari markazida;
  • Urganç şahar Davlat xizmatlari markazida;
  • Jizzax şahar Davlat xizmatlari markazida;
  • Qarşi şahar va Şahrisabz şahar Davlat xizmatlari markazlarida;
  • Termiz şahar va Denov tumani Davlat xizmatlari markazlarida;
  • Buxoro şahar Davlat xizmatlari markazida;
  • Guliston şahar Davlat xizmatlari markazida;
  • Nurafşon şahar Davlat xizmatlari markazida;
  • Navoiy şahar Davlat xizmatlari markazida.

Ma’lumot uçun, Markazlarda pasport beriş xizmati eksterritoriallik tamoyili asosida, ya’ni fuqarolarning doimiy röyxatdan ötgan joyidan qat’i nazar taqdim etiladi.