Özbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi çigit xomaşyosi “Umakay” postidan ötkazilmayotgani yuzasidan Qaşqadaryo viloyati hokimligi va viloyat IIBga sörovnoma yuborgan.
Qömita axborotiga köra, holat yuzasidan qömitaga ham murojaatlar kelib tuşgan. Bu murojaatlar monopoliyaga qarşi qonunçilik hujjatlari doirasida çora köriş uçun örganilmoqda.
Holat yuzasidan qöşimça ma’lumot berilişi ma’lum qilindi.
Aksilmonopol organning eslatişiça, 2020 yilda ham 3 ta viloyatda bu kabi holat kuzatilgan. 2020 yil 27 noyabrda “Raqobat töğrisida”gi qonunning 12-moddasi talablari buzilgani böyiça Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 12 oktyabrdagi 225-sonli qaroriga muvofiq Qaşqadaryo, Xorazm va Surxondaryo viloyat hokimliklariga hamda uşbu viloyatlarning IIBlariga nisbatan qömita tomonidan iş qözğatilgan edi.
Öşanda qonunçilik talablari buzilgani öz tasdiğini topgan, şu sababli hokimliklarga va viloyatlarning IIBlariga nisbatan qömita qarori qabul qilingan va körsatma berilgan.
Eslatib ötamiz, ayni kunlarda Qaşqadaryo viloyatidagi korxonalar tomonidan birja savdolariga qöyilgan çigit mahsulotlarini sotib olganlar öz xaridlarini viloyat hududidan olib çiqişda tösiqlarga uçramoqda.
Kun.uz holat yuzasidan suriştiruvini davom ettirmoqda. Avvalroq dastlabki tafsilotlar e’lon qilingan edi.
Qaşqadaryo hokimi viloyatdan boşqa hududlarga çigit olib çiqişni taqiqladi
«Buning nomi – feodalizm». Qaşqadaryo hokimining talabi noroziliklarga sabab bölmoqda
Kattaqörğonlik tadbirkorning 100 tonna çigiti Qaşqadaryoda çiriyapti. Hokimlik past ketmoqçi emas













