Çiroqçi tumanidagi “Umakay” postida kattaqörğonlik tadbirkorlarga tegişli çigit YPX xodimlari tomonidan töxtatib qolingani va bu topşiriq Qaşqadaryo viloyati hokimligi tomonidan berilgani haqida bir neçta maqola e’lon qilindi.
Kun.uz muxbiri voqea joyidan maxsus reportaj tayyorladi.
Umuman, çigit voqeasi yuzaga çiqqaç, dastlab Qaşqadaryo viloyati hokimligining dastlabki pozitsiyasi bugunga kelib butunlay özgaça tus olyapti. Ya’ni hokimlik endi vaziyatni boşqa tomonga burişga harakat qilayotgani oydinlaşib qoldi.
Xususan, hokimlik Telegram-kanalida 4 yanvar kuni munosabat e’lon qilingandi. Unda holat hokimlik tomonidan atrofliça örganilgani, “Maroqand Gold Oil Ekstraksiya” MÇJ olib ketayotgan çigit mahsuloti böyiça QR-kodga ega hisobvaraq-faktura bölmagani va taqdim etilgan hujjatlarda şubha tuğilgani sababli qonuniy ravişda vaqtinça saqlovga olingani bayon qilingan. Şuningdek, tadbirkorlar elektron imzo bilan tasdiqlanmagan elektron hisobvaraq-fakturasining qoğoz nusxasini taqdim etmagani aytilgan.
Mantiqni qarang, özi elektron hisobvaraq bölsa-yu, uning yana qoğoz nusxasi taqdim qilinsa!
Amaldagi qoidalarga köra, elektron hisobvaraq-fakturani sotib oluvçi şu zahoti tasdiqlaşi şart emas. Buning uçun 10 kun muddat berilgan. Sotib oluvçi hatto fakturani tasdiqlamaslikka ham haqli. 10 kun içida tasdiqlamasa yoki rad etmasa, elektron hisobvaraq-faktura avtomatik ravişda tasdiqlangan hisoblanadi.
Demak, tadbirkorlarning yuki kamida ertasi kuni yoki hokimlik holatni örganib çiqqan zahoti qöyib yuborilişi kerak edi. Çunki bugunga kelib uşbu oldi-sotdi noqonuniy bölmagani, hujjatlar ham mavjudligiga heç qanday şubha qolmadi.
Endi Qaşqadaryo viloyati hokimligi vaziyatni 180 darajaga özgartirmoqçi bölyapti. Viloyat hokimligi axborot xizmati bizga “Oq Saroy Klaster” MÇJning xatini taqdim etdi. Bu xatda jamiyat texnik çigit örniga 2022 yil hosili uçun ekilişi rejalaştirilgan uruğlik çigitini yuklab yuborgani qayd etilgan.
“Oqsaroy klaster” MÇJ tomonidan uşbu xatolikka yöl qöygan mas’ul xodimlarga nisbatan intizomiy jazo çoralari körilgan holda, kelib çiqqan kamçiliklarni bartaraf etiş maqsadida çigit yuklangan yuk maşinalarini “Umakay” muntazam yöl patrul maskanida ma’lum muddatga töxtatib turiş töğrisida xabar qilindi.














