Qaşqadaryo viloyatiga taşrif davomida prezident Şavkat Mirziyoyev viloyatdagi tabiiy boyliklarni iqtisodiyotga jalb qiliş böyiça yangi topşiriqlar berdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.
Joriy yilda viloyatga 3,5 milliard dollar investitsiya jalb qiliş rejalaştirilgani ma’lum qilindi. Ötgan beş oyda ayrim tumanlar, jumladan, Koson, Kitob va Çiroqçida investitsiya hajmi qariyb ikki barobarga oşgan.
Biroq viloyat hududidagi 12 ta konga hali sanoat kirib bormagan. Quriliş materiallari sohasida 150 million dollarlik 16 ta loyiha tayyorlangan. Prezident mutasaddilarga uşbu konlarni auksionga çiqarişni topşirdi.
Xususan, Kitob tumanida 100 gektar maydonda 20 tonna oltin zaxirasi aniqlangani aytildi. Davlat rahbari tabiatga zarar yetkazmasdan, yopiq usulda oltin qazib olişga 100−150 million dollar sarmoya kiritişga tayyor tadbirkorlar köp ekanini ta’kidladi. Şu bois uşbu konni ham auksionga çiqariş zarurligi qayd etildi.
Şuningdek, Kitobdagi yana beşta istiqbolli maydonda 39 tonna oltin, Çiroqçi tumanida esa 10 ming tonna noyob metall resursi aniqlangan. Uşbu maydonlarda geologiya işlarini boşlaş böyiça topşiriq berildi.

Muborakdagi Gazni qayta işlaş zavodi atrofidagi tayyor infratuzilmasi bor, temiryöl ötgan 200 gektar maydonda innovatsion sanoat zonasi taşkil etiladi.
Uşbu sanoat zonasida klaster tizimi asosida neft-kimyo, elektrotexnika, robototexnika va quriliş materiallari böyiça 5 ta yirik loyihani boşlaş vazifasi qöyildi.
Viloyat paxta yetiştiriş böyiça yetakçi bölsada, töqimaçilik sanoatidagi uluşi 10 foizga ham yetmaydi. Hozirda 100 ming tonna ip-kalavaning atigi 28 foizi qayta işlanadi.
Şu maqsadda Kosondagi 40 gektarda taşkil etilgan yangi texnoparkda 200 million dollarlik 12 ta loyiha qiliş rejalaştirilgan. Lekin suv tozalaş inşooti va kanalizatsiya yöqligi uçun işlar töxtab qolgan. Mutasaddilarga texnopark infratuzilmasi uçun mablağ ajratiş topşirildi.
Umuman, 400 million dollarlik 35 ta loyihani boşlab, bu yil ip-kalavani qayta işlaşni 51 foizga, kelgusi yili 100 foizga yetkaziş vazifasi qöyildi.













