Jizzax viloyati Şarof Raşidov tumanida 60 yoşli fuqaro giyohvand modda sotayotganda qölga olingan. Bu haqda viloyat IIV huzuridagi tergov departamenti xabar bermoqda.

Ma’lum qilinişiça, 2022 yil 4 yanvar kuni soat 14:00 larda Jizzax viloyat IIB Jinoyat qidiruv boşqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir ötkazilgan. Tadbirda Şarof Raşidov tumanida yaşovçi, 60 yoşli M.B. şartli ravişda xaridor sifatida jalb qilingan fuqaroga bir dona gugurt qutisiga solingan yaşil rangli, öziga xos ötkir hidli ösimlik moddasini 600 ming sömga sotayotgan vaqtda uşlangan.

Fuqaro M.B. şaxsiy tintuv qilinganda uning çöntagidan qoğozga öralgan, yaşil rangli, ötkir hidli, quritilgan ösimlik mavjudligi aniqlanib, ösimliklar tekşirib körişlik uçun tegişli tartibda hujjatlaştirib olingan.

Sudga oid kimyoviy ekspertiza xulosasiga köra, M.B.dan olingan ösimlik moddalari tarkibida faol giyohvand modda tetragidrokannabinol mavjud bölib, ularning sof oğirligi 2.43 grammga teng ekanligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan M.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 2-qismi (ozginadan köproq miqdordagi giyohvandlik vositalarini sotiş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.