5 yanvar kuni Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev mamlakatdagi tartibsizliklarga sababçi bölgan namoyişçilarni «terrorçilar»ga tenglaştirdi va ularning hujumini tajovuzkorlik harakati sifatida köriş kerakligini aytib, Kollektiv xavfsizlik şartnomasi taşkilotidan yordam söradi.

Maslahatlaşuvlardan söng KXŞT Kollektiv xavfsizlik kengaşi «mamlakatdagi vaziyatni barqarorlaştiriş va normallaştiriş maqsadi»da tinçlikparvar kuçlarni Qozoğistonga çeklangan muddatga yuboriş töğrisida qaror qabul qildi.

KXŞT haqida

Kollektiv xavfsizlik şartnomasi taşkiloti (KXŞT, rus tilida «Organizatsiya Dogovora o kollektivnoy bezopasnosti» - ODKB) dastlab xalqaro taşkilot şaklida emas, balki bir qança davlat özaro imzolagan şartnoma asosida faoliyat yuritgan.

1992 yil 15 mayda Toşkentda Rossiya, Armaniston, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston va Özbekiston örtasida kollektiv xavfsizlik şartnomasi imzolangan. 1993 yilda taşkilotga Ozarboyjon, Gruziya va Belarus ham qöşilgan.

1999 yilga kelib şartnoma yana uzaytirilgan, lekin uning keyingi muddatlariga Özbekiston, Gruziya va Ozarboyjon qöşilmagan.

2002 yil may oyida Moskvada bölib ötgan sessiyada Kollektiv xavfsizlik şartnomasini tölaqonli xalqaro taşkilotga aylantiriş borasida qaror qabul qilingan. 2003 yil sentabr oyidan boşlab KXŞT tölaqonli xalqaro taşkilot sifatida öz faoliyatini boşlagan. KXŞT 2004 yil 2 dekabrdan BMTda kuzatuvçi maqomiga ega. 2021 yil ma’lumotlarga köra, taşkilotga a’zo davlatlarning umumiy aholisi 193 million kişidan oşadi.

KXŞT harbiy kuçlari

KXŞTning asosiy harbiy potensiali 2009 yilda tuzilgan Tezkor harakatlaniş kollektiv kuçlari (Kollektivnyye sily operativnogo reagirovaniya) hisoblanadi. Bunda taşqari, mintaqaviy qöşinlar, kollektiv havo tinçlikparvar kuçlar hamda Birlaşgan harbiy tizimi ham bor.

KXŞT kuçlari Kollektiv xavfsizlik kengaşi qarori asosida 2009 yil 4 fevraldagi taşkil qilingan. Tarkibiga 20 ming nafar atrofida harbiylar kiradi.

Asosiy vazifasi a’zo davlatlarga nisbatan harbiy agressiyani qaytariş, xalqaro terrorizm va ekstremizm, davlatlararo uyuşgan jinoyatçilik va narkotik savdosiga qarşi kuraş böyiça maxsus operatsiyalarni ötkaziş hamda favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf qiliş hisoblanadi.

KXŞT tinçlikparvar kuçlari

Rasmiy ma’lumotlarga köra, KXŞTning tinçlikparvar kuçlari soni 3,6 ming kişini taşkil qiladi. Maxsus tayyorlangan harbiylar, militsiya (politsiya) va fuqarolar, şuningdek davlatlar tomonidan taqdim qilingan kuç va vositalar – KXŞTga a’zo davlatlarning tinçlikparvar kuçlari hisoblanadi.

Aniq biror operatsiyada (masalan Qozoğistondagi voqeada) qatnaşiş uçun Tinçlikparvar kuçlar kollektivi tuziladi. Tinçlikparvar kuçlarning tarkibi, soni va tuzilişi KXŞT Kollektiv xavfsizlik kengaşi qarori bilan, har bir operatsiya uçun mojaro hududidagi holatdan kelib çiqib belgilanadi.

Tinçlikparvar kuçlarga quyidagi vazifalar topşirilişi mumkin:

  • sulh va öt oçişni töxtatiş böyiça kelişuv şartlari bajarilişini nazorat qiliş;
  • inqirozli hududlarda xavfsiz hududni yaratiş;
  • nizolaşayotgan tomonlarni ajratiş va gumanitar yölaklar yaratiş;
  • qonuniylik va huquq-tartibotni tiklaş, davlat va jamoat institutlari va taşkilotlarining normal faoliyat yuritişi uçun muzokaralar ötkaziş;
  • sulh va sulh bitimlarining buzilişini aniqlaş va tekşiriş;
  • ommaviy tartibsizliklarga qarşi turiş, inson huquqlarini ta’minlaş;
  • yer va obektlarni tozalaşda iştirok etiş;
  • hayotiy muhim obektlarni muhofaza qiliş;
  • harbiy texnika, qurol-yaroğ, öq-dorilar va portlovçi moddalarni taşişni nazorat qiliş, noqonuniy olib kiriş va olib çiqişga çek qöyiş;
  • transportning barça turlarining xavfsiz tranzitini va kommunikatsiyalarning işlaşini ta’minlaş;
  • nizolaşayotgan tomonlar aholisi örtasida normal aloqalarni örnatişga kömaklaşiş;
  • qoçqinlarning qaytişi uçun xavfsiz muhitni ta’minlaş;
  • mojaro zonasida tinç aholiga, şu jumladan ekologik ofatlar yoki tabiiy ofatlar sodir bölganda, öz imkoniyatlari doirasida tibbiy yordam körsatiş;
  • gumanitar yordamning tösiqsiz yetkazib berilişini ta’minlaş.

Bundan taşqari, KXŞT Kollektiv xavfsizlik kengaşi qarori yoki tegişli mandat bilan tinçlikparvar kuçlarga mojaroni hal qiliş böyiça boşqa vazifalar ham yuklanişi mumkin.

Qozoğiston va KXŞT

Ayni vaqtda KXŞT kollektiv xavfsizlik kengaşini boşqaruvçisi hisoblangan Armaniston boş vaziri Nikolay Paşinyan Qozoğistonga tinçlikparvar kuçlarning kiritilişi - 1992 yil 15 mayda imzolangan Kollektiv xavfsizlik töğrisidagi şartnomaning 4-moddasiga asosan amalga oşirilganini aytib ötdi. Şartnomaning 4-moddasida, jumladan şunday deyiladi: 

«Agar iştirokçi davlatlardan biri tajovuzga duçor bölsa, bu bitim iştirokçisi bölgan barça davlatlarga tajovuz deb baholanadi.

Iştirokçi davlatlardan birortasiga tajovuz (xavfsizlik, barqarorlik, hududiy yaxlitlik va suverenitetga tahdid soluvçi qurolli hujum) sodir bölgan taqdirda, barça boşqa iştirokçi davlatlar uşbu iştirokçi davlatning iltimosiga binoan unga darhol zarur yordamni, şu jumladan harbiy yordamni körsatadi. Şuningdek, BMT Nizomining 51-moddasiga muvofiq, jamoaviy mudofaa huquqini amalga oşiriş uçun öz ixtiyorida bölgan vositalar bilan ham qöllab-quvvatlaydi. 

Iştirokçi davlatlar Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Xavfsizlik Kengaşiga uşbu moddaga muvofiq körilgan çoralar töğrisida darhol xabar beradi. Uşbu çora-tadbirlarni amalga oşirişda iştirokçi davlatlar BMT Nizomining tegişli qoidalariga amal qiladilar», - deyiladi xalqaro şartnomada.

KXŞT kotibiyati Qozoğistonga yuboriladigan tinçlikparvar kuçlari tarkibiga Rossiya, Belarus, Armaniston, Tojikiston va Qirğiziston qurolli kuçlari bölinmalari kiritilganini bildirdi. Lekin yuboriladigan harbiy texnikalar soni, xalqaro kuçlarning mamlakatda böliş muddati hozirça oçiqlanmadi.

Qozoğistonga kelgan rossiyalik desantçilar. Foto: Rossiya Mudofaa vazirligi

Şuningdek, KXŞT kollektiv kuçlarining asosiy vazifasi davlat va harbiy obektlarni qöriqlaş, Qozoğiston Respublikasi huquq-tartibot kuçlariga vaziyatni barqarorlaştirişda kömaklaşişdan iborat bölişi aytildi. Lekin, yuqorida qayd etganimizdek, KXŞT tarkibidagi tinçlikparvar kuçlarga har bir holat yuzasidan boşqa köplab vazifalar ham yuklanişi mumkin. Bu endi Qozoğistondagi vaziyat qaysi tomonga qarab özgarişiga boğliq. 

Bugun, Qozoğistonga yetib kelgan KXŞT tinçlikparvar kuçlari Rossiya havo-desant qöşinlari harbiylaridan taşkil topgan. Şuningdek, Tojikiston ham Qozoğistonga KXŞT kuçlari tarkibida 200 nafar harbiy xizmatçisini jönatişini ma’lum qildi. Xorijiy OAV dastlabki 100 kişi 6 yanvardayoq Qozoğistonga yuborilişi mumkinligini yozmoqda.

Qirğiziston ham Qozoğistonga 150 nafar tinçlikparvar kuçlarini yuborişi aytilmoqda. Qirğiziston rasmiylariga köra, qirğiz harbiylar namoyişçilar bilan töqnaşuvlarda qatnaşmaydi, faqat strategik va muhim obektlarni qöriqlaşda yordam beradi.

Bundan taşqari, MDH Aksilterror tuzilmasi va Turkiy davlatlar taşkiloti Qozoğistonni qöllab-quvvatlaşga tayyorligini bildirdi.

Özbekiston va KXŞT

Özbekiston taşkilotning asosçilaridan biri bölsa-da, keyinçalik özining taşqi siyosiy faoliyat prinsiplaridan kelib çiqib harbiylaşgan bu taşkilotdan ikki marta çiqib ketgan. Dastlab 1992-1999 yillarda Özbekiston kollektiv xavfsizlik şartnomasi iştirokçilari qatorida bölgan.

Keyinroq, 2006 yilda Soçida (Rossiya) imzolangan şartnoma asosida Özbekistonning KXŞTga a’zoligi töliq tiklandi. Lekin, 2012 yil dekabr oyidan rasmiy Toşkent KXŞTga a’zolikni töxtatdi va şu kunga qadar bu taşkilotga boşqa qöşilmadi. Özbekiston 2006-2012 yillarda KXŞTga qayta boş suqib çiqişi sabablari böyiça rasman izoh berilmagan. Ba’zi siyosatçilar Özbekiston KXŞTga kirişini 2005 yildagi Andijon voqealari tufayli mamlakatga Ğarbdan bosimning ortişi bilan, uşbu taşkilotdan çiqişini esa 2010 yilda Qirğiziston janubida yuz bergan millatlararo nizo oqibatlari bilan boğlaydi.

Sönggi vaqtlarda Afğonistondagi vaziyat ortidan Özbekiston KXŞTga qayta qöşilişi borasida fikrlar yangradi. Lekin Özbekiston taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov Özbekiston KXŞTdagi iştirokini tiklaşga zarurat körmayotganini aytdi.

2021 yil avgust oyida Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Kollektiv xavfsizlik şartnomasi taşkilotining Afğonistondagi vaziyatga bağişlab videoanjuman şaklida ötkazilgan navbatdan taşqari sessiyasida taklif etilgan mehmon sifatida iştirok etdi.

Bundan taşqari, KXŞT boş kotibi Stanislav Zas Özbekiston bilan hamkorlik qilişga tayyorligini, ammo uning bu tuzilmaga qaytişi mamlakat xalqi va rahbariyatiga boğliqligini ta’kidladi.