Abdulaziz Komilov O‘zbekiston KXShTdagi ishtirokini tiklashga zarurat ko‘rmayotganini aytdi
O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining so‘zlariga ko‘ra, respublika va tashkilot o‘rtasidagi hamkorlik shakli vaziyatdan kelib chiqib o‘zgarishi mumkin.

Foto: Kun.uz
O‘zbekiston KXShTga a'zoligini tiklash uchun zarurat bor deb hisoblamaydi. Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov rossiyalik jurnalistlarga bergan intervyusida aytdi.
"Bugungi kunda Markaziy Osiyo va O‘zbekistonga polklar, armiyalar, diviziyalar hujum qiladi degan taxmin bilan O‘zbekistonning KXShTga qaytishi uchun zarurat ko‘rmayapmiz. Shu bilan birga, Afg‘oniston hududida qolishda davom etayotgan alohida terrorchilik tashkilotlari tomonidan bo‘ladigan tahdid va chorlovlarni istisno qilmaslik kerak. Gap KXShTga kirish haqida bormayapti. Gap xavfsizlik sohasida jamoaviy hamkorligimizni qanday qilib samarali tashkil etish haqida bormoqda", - dedi O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri.
Komilovning so‘zlariga ko‘ra, respublika va tashkilot o‘rtasidagi hamkorlik shakli vaziyatdan kelib chiqib o‘zgarishi mumkin.
“Harholda ayni paytda O‘zbekistonning KXShTga a'zoligini tiklash uchun zarurat ko‘rmayapmiz. Ammo xavfsizlik masalalari bo‘yicha Rossiya Federatsiyasi, qo‘shni davlatlar bilan parallel ravishda faol hamkorlik olib borilmoqda”, – dedi Komilov.
Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti – harbiylashtirilgan mintaqaviy xalqaro tashkilot hisoblanib, 1992 yil 15 may kuni Toshkentda imzolangan xalqaro bitim doirasida tuzilgan. Unga sovet ittifoqining to‘qqiz respublikasi a'zo bo‘lib kirgandi.
Hozirda bu tashkilotga faqat Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya va Tojikiston a'zo hisoblanadi. O‘zbekiston birinchi marta 1999 yil 2 aprelida ushbu tashkilotdan chiqib ketgan. Keyinchalik, AQSh va G‘arb davlatlari bilan munosabatlar sovuqlashishi ortidan 2006 yil 16 avgustda O‘zbekistonning KXShTga a'zoligi to‘liq tiklanadi.
2012 yil 28 iyunida O‘zbekiston bu tashkilotdan yana chiqib ketdi va qaytib qo‘shilmadi.
Tavsiya etamiz
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Bryanskda yo‘lovchi poyezd ustiga ko‘prik quladi. Qurbonlar bor
Jahon | 05:14
-
«PSJ» finalda «Inter»ga 5 ta gol urdi
Sport | 01:49
-
Mashhurlar ishtirokidagi futbol turnirida janjal uyushtirganlardan biri 10 sutkaga qamaldi
Sport | 01:30
-
“G‘arbiy Sibirni o‘zbeklar boshqargan” – tahlilchilar Rossiyada ko‘tarilgan shov-shuv haqida
Jahon | 22:40 / 31.05.2025
Mavzuga oid

18:24 / 31.05.2025
«Kimgadir yoqadimi-yoqmaydimi, Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikda davom etamiz» - Abdulaziz Komilov

13:47 / 31.05.2025
«Harbiy to‘qnashuv ham turgan gap edi» - Abdulaziz Komilov Markaziy Osiyoda 2016 yilgacha bo‘lgan muhit haqida

11:53 / 14.04.2025
Abdulaziz Komilov Italiya ordeni bilan taqdirlandi

17:07 / 08.04.2025