Tojikiston Qozoğistonga KXŞT kuçlari tarkibida 200 nafar harbiy xizmatçisini jönatadi. Bu haqda öz manbalariga tayanib RIA «Novosti» xabar berdi. 

«Barça harbiy xizmatçilar tinçlikparvar kuçlar tarkibiga kiradi. Ular KXŞTning antiterror maşğulotlarida bir neça marta iştirok etgan», — degan manba.

Manbaning qöşimça qilişiça, harbiylar tartib saqlaş va obektlarni qöriqlaşda yordam beradi. 

Şu bilan birga, Tojikiston taşqi işlar vazirligi mamlakat KXŞTga a’zolik doirasida Qozoğistonga yordam berilişini ma’lum qilgan.

Avvalroq Qozoğistonga KXŞT kollektiv kuçlari tarkibidagi Rossiya havo-desant qöşinlari yetib kelgani xabar qilingandi.