Jumladan, dastur doirasidagi işlarni amalga oşirişga “ERIELL Oilfield Services Middle East DMCC” kompaniyasi boş pudratçi sifatida jalb qilingan bölib, hozirda 21 ta zamonaviy texnologik jihozlangan dastgohlar yordamida quduqlarni burğilaş işlari olib borilmoqda.
2021 yilda 102 ta, dastur boşidan jami 437 ta yangi işlatiş quduqlari burğilanib işlab çiqarişga topşirilgan. Ustyurt hududida işlatiş quduqlarni burğilaş işlariga 5 ta burğilaş dastgohlari jalb qilingan.
Dastur doirasida “Özbekneftgaz” AJ mutaxassislari tomonidan “Şarqiy Berdaq” koni hududida 63-sonli işlatiş baholaş (OE) quduği ma’lumotlarini kompleks tahlil qiliş asosida konning quyi yura yotqiziqlarida yangi istiqbolli qatlamlarini oçiş maqsadida 4300 metr çuqurlikkaça burğilaş taklif qilingan edi. Hozirda quduq tubi qariyb 3900 metr bölib, burğilaş işlari davom ettirilmoqda.

Şu bilan birgalikda, “Işçi guruh” burğilaş işlari olib borilayotgan “Quyi Surgil” konidagi 21-sonli quduğidagi burğilaş jarayoni bilan yaqindan tanişdi. Quduq loyihaviy çuqurligi 4300 metr bölib, mutaxassislar tomonidan konning quyi yura qatlamlarini yanada çuqur örganiş maqsadida uşbu quduqni 4500 metr çuqurlikkaça burğilaş böyiça qaror qilindi va quduq uşbu çuqurlikkaça burğilandi. Hozirda quduqqa işlatiş quvurlari tuşiriş va özlaştiriş uçun tayyorlaş işlari olib borilmoqda.
Şu ta’kidlaş lozimki, “Özbekneftgaz” AJ mutaxassislarning sa’y-harakatlari evaziga Ustyurt hududida ayrim quduqlarning quriliş konstruksiyalariga özgartirişlar kiritildi va loyihaviy çuqurlikka nisbatan qöşimça burğilaş işlari olib borildi. Bu esa öz natijasini berdi, quduqlardan kutilgan mahsulotga nisbatan 4-5 barobar köp miqdordagi tabiiy gaz oqimi olinişiga erişildi.

Jumladan, “Quyi Surgil” 14-, 20-sonli va “Şarqiy Berdaq” 96-sonli quduqlarning har biridan kunlik debiti 1,0 mln kub metrgaça bölgan gaz oqimi olindi. Dastur doirasida quyi yura qatlamlariga qazilayotgan yuqori mahsuldor quduqlarni burğilaş uçun, atrofida işlayotgan quduqlar holati, konning amaldagi geologik va gidrodinamik modellarini çuqur örganib çiqqan holda quduqlar örni belgilangan.
Dastur doirasida uglevodorod xomaşyosi qazib çiqariş hajmini oşiriş, konlardan gazni kompleks tayyorlaş qurilmalarigaça va qurilmalardan magistral gaz quvurlarigaça uzatiş tizimlari quvvatini oşiriş uçun texnologik obektlar va 83,5 km uzunlikdagi turli ölçamdagi gaz quvurlari işga tuşirildi.













