Bs boş ofisida kompaniya asosçisi Behzod Jalolov kompaniya tarixi, uning paydo bölişiga sabab bölgan boş omillar haqida sözlab berdi.

«Bs kompaniyasiga 2009 yil fevral oyida asos solingan. Öşa paytlari boşqa biznes turlari bilan şuğullanganman va köpçilik qatori viloyatlar örtasidagi hujjat almaşişda muammoga duç kelardim. Toşkentdan Buxoroga yoki Samarqandga tovarlar, hujjatlar jönatiş uçun «pitak»ka borilar va marşrut böyiça qatnovçilar orqali berib yuborilardi. Bunday vaziyatda poçtamiz öz manziliga yetmay qolişi, transport yölda buzilib qolişi odatiy hol edi.

Şu kabi muammolarni hal qiliş uçun çet el tajribasini örgangan holda Buxoro-Toşkent Service (Bs) xizmat turini yaratdik. Bs nomining kelib çiqiş tarixi Buxoro-Toşkent Service bilan boğliq bölsa-da, uni keyinçalik Best Trance Solution’ga almaştirganmiz», – deydi u.

Behzod Jalolov

«Business Class» loyihasining kulminatsion nuqtasi – bu raqamlar va narxlar ekani kuzatuvçilarimiz uçun yaxşi taniş. Şu bois, xizmat körsatiş narxlari, maoşlar va raqamlar haqidagi savollarga javob oldik.

Jarayon davomida call-markazdagi qaynoq holatni jonli kuzatdik va operatorlar işi stressli vaziyatlarga boy ekanligiga guvoh böldik. Aynan şu stressli holatlarni kamaytiriş uçun xodimlar 1 kun işlab, 1 kun dam olişi ta’minlab berilgan.

Buyurtmaga zarar yetsa, kompaniya xarajatlarni qoplab beradimi?

Buyurtmaga zarar yetsa, Bs xarajatlarni qoplab beriş-bermasligiga qiziqdik. Buyurtma narxi oldindan aytib ötilmagan bölsa kompaniya yetkazib berişga sarflangan mablağning 2 baravarini, buyurtma narxi oldindan aytilgan taqdirda esa xarajatlar töliq qoplab berilişi ma’lum böldi.