Xitoyning Honor kompaniyasi Honor Magic V deb nomlangan birinçi buklanuvçi smartfonini taqdim etdi.

Qurilma 2272x1984 piksel bölgan 20 santimetrli içki displey bilan jihozlangan. Uning taşqi displeyi 16,4 santimetr bölib, 2560x1080 pikselga teng.

Smartfonning qalinligi 6,7 mm va uzunligi 141,1 mm. Buklangan holda esa ölçami mos ravişda 14,3 mm va 72,7 mm.

Gadjet Snapdragon 8 Gen 1 protsessori va 4750 mA/s batareyaga ega. Batareya 15 daqiqa içida 50 foiz quvvat oladi.

Smartfonning operativ xotirasi 12Gb, içki xotirasi esa 256 yoki 512 Gb.

Honor Magic V uçta 50 megapikselli kamera va 42 megapikselli selfi-obektiv bilan jihozlangan.

Xabar qilinişiça, smartfon narxi 9999 yuanni (1575 dollar) taşkil etadi.