Rossiya prezidenti Vladimir Putin Kollektiv xavfsizlik şartnomasi taşkilotining (KXŞT) Qozoğistondagi namoyişlar böyiça navbatdan taşqari sammitida iştirok etdi.
Vladimir Putinning fikriça, Qozoğiston davlatçiligiga tahdid mamlakatda gaz narxi kötarilişiga norozilik sifatida boşlangan namoyişlar tufayli emas, «vaziyatdan buzğunçi içki va taşqi kuçlar foydalanib qolgani» ortidan yuzaga kelgan.
«Gaz bozoridagi vaziyatni tarğib qilganlar bir maqsadli bir xalq, qöliga qurol olib, davlatga hujum qilganlar esa butunlay boşqa odamlar bölgan. Şu bilan birga, Maydan usuliga xos norozilik namoyişlarida odamlarni kuç axboroti bilan qöllab-quvvatlaş elementlari faol işlatilgan», dedi u.
Putin Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayevning mamlakatga «terrorçilar» hujum qilgani haqidagi gaplariga qöşilgan. Putinning hisoblaşiça, Qozoğistonda «uyuşgan va boşqarilayotgan jangarilar guruhlari, jumladan, çet eldagi terrorçilik lagerlarda şuğullantirilgan jangarilar»dan foydalanilgan.
Rossiya prezidenti KXŞT davlatlari Qozoğistonga tinçlikparvar kuçlarni «jinoyatçilar, talonçilar va boşqa kriminal elementlar yölini tösiş» uçun yuborganini aytgan. Uning qayd etişiça, KXŞT kuçlari Qozoğiston prezidenti qaçongaça zarur deb bilsa, şunça vaqt Qozoğistonda qoladi.
«Öz vazifalarini bajarib bölgaç, barça kontingent, şubhasiz, Qozoğiston hududidan olib çiqiladi. Biz uşbu kontingentni qisqa vaqt içida töliq joylaştirişga muvaffaq böldik. Birgalikdagi harakatlarimizni öz vaqtida qilingan va mutlaqo qonuniy deb bilamiz.
Öz uyimizda bunday vaziyat qözğalişiga, rangli inqilob deb ataladigan ssenariylar amalga oşirilişiga yöl qöymaymiz», deya qöşimça qilgan u.
Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko esa öz nutqida Özbekistonni tilga oldi.
«Qozoğistondagi vaziyatdan, avvalo, Özbekiston huşyor bölişi kerak, aks holda, bizdagi ma’lumotlarga köra, töpolon taşkilotçilarining nigohi, jumladan, Özbekistonga qaratilgan», dedi Belarus prezidenti.
U Qozoğistondagi voqealarda Ğarbning qöli borligiga işora qildi.
«Ssenariy taniş… Uzoqqa boriş şart emas — Yugoslaviya, Iroq, Liviya, Suriya, Ukraina, Afğoniston. Yaqinda Belarus ham xuddi şunday kombinatsiyalaşgan şiddatni boşdan keçirdi. Albatta, bu mamlakatlarning öziga xos xususiyatlari bor edi. Ammo umumiy imzo oçiq-oydin», dedi u.


















