Özbekiston Respublikasi Boş vaziri Abdulla Aripov Alixan Smailovni Qozoğiston hukumatining yangi boş vaziri etib tayinlagani bilan tabrikladi.
Özbekiston boş vaziri matbuot xizmatiga köra, 11 yanvar kuni Abdulla Aripov va Alixan Smailov örtasida telefon orqali muloqot bölib ötgan.
«Suhbat davomida oliy va yuqori darajadagi uçraşuvlar çoğida erişilgan kelişuvlarni birgalikda izçil amalga oşiriş, oçiqlik, an’anaviy döstlik va yaxşi qöşniçilikka asoslangan köp qirrali strategik şeriklik hamda ittifoqçilik munosabatlarini yanada kengaytirişni davom ettiriş ta’kidlandi», deyiladi hukumat xabarida.
Qozoğiston hukumati matbuot xizmati xabarida Qozoğiston avval erişilgan kelişuvlarni amalga oşirişga e’tibor qaratayotgani qayd etilgan.
«Qozoğiston hukumati qardoş Özbekiston Respublikasi bilan strategik şeriklikni çuqurlaştirişga qat’iy sodiq qoladi. Ilgari erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş ahdimiz qat’iy. Işonçim komilki, ikki tomonlama hamkorlik kun tartibi doirasida belgilangan rejalar birgalikdagi sa’y-harakatlar asosida amalga oşiriladi», deya ta’kidlanadi Alixan Smailov bayonotida.
Eslatib ötamiz, joriy yilning 5 yanvar kuni Qozoğistonni qamrab olgan ommaviy namoyişlar fonida Qosim-Jömart Töqayev Asqar Mamin boşçiligidagi hukumatni iste’foga çiqargan edi.
11 yanvar kuni Töqayev taklif qilgan Alixan Smailov nomzodi parlament majlisida qöllab-quvvatlandi.
Alixan Smailov 49 yoşda. Olmaota şahrida tuğilgan. U faoliyati davomida Qozoğiston Statistika agentligi raisi, taşqi işlar vaziri örinbosari, moliya vaziri örinbosari, Qozoğiston prezidentining yordamçisi, moliya vaziri bölib işlagan.












