«Qozoğiston Respublikasi Konstitutsiyasining 70-moddasiga muvofiq qaror qilaman: Qozoğiston Respublikasi hukumati iste’fosi qabul qilinsin», deyiladi farmonda.

Boş vazir vazifalarini bajariş vaqtinça iste’foga çiqqan hukumatda boş vazir birinçi örinbosari bölgan Alixan Smailovga yuklatilgan.

Qozoğistonda yangi davlat kotibi ham tayinlangan. Bu lavozimda prezidentning sobiq yordamçisi Yerlan Karin iş boşladi, u  Krimbek Kuşerbayevni almaştirdi. Prezident administratsiyasi rahbari örinbosari Murat Nurtleu esa Milliy xavfsizlik qömitasi raisining birinçi örinbosari bölgan.

Çorşanba tongidagi yiğilişdan keyin prezident Töqayev mamlakatda ijtimoiy ahamiyatga ega bölgan tovarlar, jumladan benzin va dizel narxlarini davlat tomonidan tartibga soliş böyiça topşiriqlar berdi. Şuningdek, boş prokuratura hamda antimonopol qömitaga ehtimoliy narx kelişuvi böyiça holatni tekşiriş topşiriq qilindi.

Bundan taşqari, u 180 kun muddatga aholi uçun kommunal xizmatlar tariflarini oşirişga moratoriy joriy etişga buyruq bergan.

Prezidentning reaksiyasi
Seşanba kuni Qozoğiston prezidenti mamlakatning yirik şahri Olmaota hamda Manğistau oblastida favqulodda holat e’lon qilgandi, bu hududlarda yonilği narxi oşişiga qarşi norozilik aksiyalari davom etmoqda.

Favqulodda holat rejimi 19 yanvarga qadar amal qiladi. Prezident farmoni keçki soat 23:00dan ertalabki soat 7:00ga qadar komendantlik soatini joriy etişni, şuningdek, ommaviy tadbirlarni taqiqlaş va odamlar hamda transport harakatini çeklaşni ham nazarda tutadi.

Avvalroq Töqayev videomurojaat qilib, namoyişçilarni aql bilan iş körişga, içki va taşqi iğvolarga berilmaslikka, qonunga qarşi harakatlar sodir etmaslikka çaqirgandi.

Prezident matbuot kotibi Berik Vali tomonidan feysbukka joylangan murojaatda Töqayev «hukumat namoyişlardan qulamasligi, Qozoğistonga mojaro emas, özaro işonç va muloqot kerakligi»ni ta’kidladi.

«Aziz vatandoşlar, yana bir bor sizdan aql bilan iş körişni, içki va taşqi iğvolarga berilmaslikni, mitingçilar va özboşimçaliklar eyforiyasiga uçmaslikni sörab, murojaat qilyapman.

Davlat muassasalari va harbiy obektlarga hujum qilişga çaqiriqlar mutlaqo noqonuniy hisoblanadi. Bu jazoga tortişga olib kelişi mumkin bölgan jinoyatdir», degan u.