Soliq o‘zgarishlaridan keyin tadbirkorlarda e’tirozlar ko‘paymoqda. Qudbiyev OAV bilan uchrashadi
Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgarishlar kichik va o‘rta biznesga katta zarba bo‘layotgani aytilmoqda. Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Qudbiyev dushanba kuni matbuot anjumani o‘tkazadi. Kun.uz tadbirkorlardan muammo nimada ekani bo‘yicha izohlari va savollarini @kunuzmurojaat Telegram-manziliga yuborishni so‘raydi.

Foto: Fotolia
Ijtimoiy tarmoqlarda tadbirkorlar va xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning buxgalterlari tomonidan soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartirishlarga keskin e’tirozlar bildirilmoqda.
Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, mulk solig‘i bo‘yicha 1 kvadrat metr uchun mutlaq miqdorda belgilangan minimal qiymat kiritildi. Bu – Toshkent shahrida 2 500 000 so‘m, viloyatlarda 1 500 000 so‘m. Muammo esa buning natijasida soliq to‘lovlarining 2-3 baravargacha oshishi bilan bog‘liq.
Shuningdek, e-ijara va e-aktiv tizimining murakkabligi, QQS zanjiri bilan bog‘liq va shu kabi bir qator o‘zgarishlar tufayli kichik va o‘rta biznesda muammolar yuzaga kelayotgani tilga olinmoqda.
Kun.uz muammolarga izoh olish maqsadida Davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmati bilan bog‘landi. Bizga ma’lum qilinishicha, qo‘mita raisi Sherzod Qudbiyev 17 yanvar, dushanba kuni matbuot anjumani o‘tkazadi va e’tirozlar yuzasidan izoh berib, OAV vakillari savollariga javob beradi.
Kun.uz tadbirkorlardan soliqlarga kiritilgan o‘zgartirishlar yuzasidan qanday muammolar va savollar bo‘lsa, Telegram'da @kunuzmurojaat manziliga yo‘llashni so‘rab qoladi. Eng dolzarb savollar bo‘yicha DSQ raisidan batafsil izoh olishga harakat qilamiz.
Qayd etish kerak, Sherzod Qudbiyev soliq stavkalari bo‘yicha avval bergan bir nechta izohlarida Soliq qo‘mitasi soliqlarni undirish bilan shug‘ullanishi, soliq siyosatini belgilash esa ko‘proq Moliya vazirligiga bog‘liqligini aytgandi. E’tirozlarga sabab bo‘layotgan soliq stavkalarini belgilab bergan deputat va senatorlar hozircha muammoga munosabat bildirmadi.
Soliq kodeksiga, xususan yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i bo‘yicha mazkur o‘zgarishlarni kiritish bo‘yicha parlamentdagi muhokamalarda deputat Doniyor G‘aniyevning shu mavzudagi savoliga "Milliy tiklanish" partiyasi yetakchisi Alisher Qodirov parlament yalpi majlisi qonun loyihalarini muhokama qiladigan joy emasligi, muhokamalar qo‘mita va fraksiya yig‘ilishlarida bo‘lishi, yalpi majlislarda esa deputatlar ovoz berish orqali munosabat bildirishi kerakligini aytgandi.
Tavsiya etamiz
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hamas G‘azoda 60 kunlik sulh bitimiga «ijobiy» javob berdi
Jahon | 08:44
-
YuNeSKO qarorgohida o‘zbek xalqining choy ichish bilan bog‘liq an’analari taqdim etildi
O‘zbekiston | 08:40
-
Tramp soliqlar to‘g‘risidagi «katta ajoyib» qonun loyihasini imzoladi
Jahon | 08:37
-
Samarqandda inspeksiya bosh mutaxassisi pora bilan qo‘lga tushdi
O‘zbekiston | 08:25
Mavzuga oid

11:47 / 03.12.2024
BBC o‘zbekistonlik tadbirkor - Dilorom Yo‘ldoshevani «dunyo bo‘ylab ilhomlantiruvchi va nufuzli 100 ayol» ro‘yxatiga kiritdi

17:02 / 28.11.2024
«Kafolatlanmagan tadbirkorlar». Poytaxtdagi yuzlab korxonalar gazdan uzib qo‘yildi

15:19 / 08.11.2024
Ayrim tadbirkorlarga to‘langan solig‘ining bir qismi qaytarib beriladi

11:07 / 07.11.2024