Samvel Babayan: «Aybim – muxlislarga öz vaqtida tuşuntiriş bermaganim!»
|00:40 / 14.01.202233 94822 min
- Klub miqyosida Özbekistonda barça sovrinlarni yutgan, klubdagi turli lavozimlarda işlab, MDH va Osiyoda eng barqaror va raqobatbardoş jamoalardan birini şakllantirgan;
- Özbekiston milliy jamoasi bilan jahon çempionati sari yurişini kutilganidan ham a’lo boşlab, rekord qayd etgan, muxlislarda işonç uyğotgan, keyin esa ketma-ket qoniqarsiz natijalar qayd etib, qisqa vaqt içida aynan öşa muxlislar nafratiga sabab bölgan;
- ÖFAning öşa paytdagi rahbariyati tomonidan futboldan bir umr çetlatilgan va Yurmalada qönim topgan;
- Özbekiston murabbiylari orasida Xitoy Superligasida boş murabbiy sifatida işlagan ilk legioner murabbiy;
- Toşkentning «Lokomotiv» jamoasida işlagan va endilikda «Navbahor» boş murabbiyi;
Bu tarjimai hol egasi, anglaganingizdek, Samvel Babayan. Köp yillar davomida sukutni afzal körgan mutaxassis nihoyat barça savollarga oydinlik kiritişga qaror qildi. Namanganda yangi mavsumga tayyorgarlik körayotgan murabbiy Tribuna.uz va Kun.uz muxbiriga eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuda u milliy jamoaga daxldor köplab oğriqli savollarga javob berdi, faoliyati va ayni kunlardagi işlari haqida ham gapirdi.
«Navbahor» avtoritetga aylansagina, mahalliy yoşlar şu yerda qolişga intiladi»
- Har bir odamning öz orzulari bor. Men öz oldimga qöygan maqsadlarimga e’tibor bilan qarayman. Futboldagi ilk qadamlarimni Namanganda qöyganman. 1995 va 1998 yillarda Özbekiston kubogini qölga kiritganmiz, 1996 yilda esa çempion bölganmiz. Bu tarix, an’analar, bu ğalabalarda men jamoa bilan birga edim. 2019 yilda «Lokomotiv» boş murabbiyligidagi sönggi öyinlarimning biridan keyin men qaçondir albatta Namanganda işlaşimni aytib ötgandim. Öşa paytda aniq taklif va reja yöq edi, şunçaki öz istagimni aytgandim. Mana, men bugun şu yerdaman. Klub va viloyat hokimining ambitsiyalari bor va buni amalga oşiriş uçun şu yerdaman. Ilk muzokaralarimiz bir yil avval bölgandi. Biroq öşanda xorijdan takliflar borligi uçun aniq bir töxtamga kela olmagandik. Pandemiya tufayli xorijda işlaş imkoniyati yöqqa çiqdi. Oçiğini aytganda, hozir ham Xitoydan takliflar bor, aniqroq aytadigan bölsam, Superliga klubidan. Bu masalaga karantin çeklovlari olib taşlangaç yana qaytamiz, bu borada agent bilan kelişuvimiz bor. Hozir men «Navbahor» bilan kelişganman. Yarim yil bu yerda murabbiy yordamçisi bölib işladim, vaziyatni kuzatdim, örgandim va mana, vaqti keldi, boş murabbiyman.
Mavzuga oid
«Viloyat hokimi «Navbahor» uçun barça şaroitlarni muhayyo qilgan»
- Tabiiyki, salkam bir yil davomida klub bilan birga bölganim menga jamoadagi holat, muammolar, infrastruktura, tarkib va boşqa masalalar bilan tanişib olişimga imkon berdi. Joriy yil uçun menda aniq rejalar va baza bor. Şartnomam 1 yilga möljallangan va mana şu vaqt orasida men jamoani Özbekiston futboli elitasiga, liderlari qatoriga qaytarmoqçiman. Ayni paytda viloyat hokimi ambitsiyalari jamoadagi holat bilan mos keladi. Şartnomam şartlarini oçiqlay olmayman, ammo bemalol aytişim mumkinki, viloyat rahbari Şavkat Abdurazzoqov «Navbahor» uçun barça şaroitlarni muhayyo qilgan.
«Yillik budjet 40-50 mlrd atrofida»
- Jamoa budjeti taxminan 40-50 milliard söm atrofida böladi. Bizga şişirilgan budjet kerak emas. Optimal budjetdan oqilona foydalanişga harakat qilamiz. Biz tarkibga legionerlar va tajribali futbolçilarni jalb qiliş bilan birga mahalliy yoş futbolçilarga ham e’tibor qaratmoqçimiz. Namanganda ulğaygan va şu yerda futbolçi sifatida şakllangan yoşlar boşqa jamoalarga ketib qolmasligi, «Navbahor» ular uçun avtoritet bölişi, ular şu jamoada öynaşni istaşiga erişiş asosiy vazifalarimizdan biri. Men internat bilan tanişdim. Rostini aytganda, bu yerdagi şaroitlarni Toşkentdagi internatda ham körmadim. Biz tajribali, nomdor futbolçilar yoniga yoş va iqtidorli yigitlarni qöşib, mutanosiblikni ta’minlamoqçimiz.
Foto: Tribuna.uz
Legionerlar, şartnomalar, işonç, munosabatlar
- Ha, futbolimizda pul yuviş uçun legionerlar taklif qiladigan klublar bor. Öşa klublar bu bilan özlarini qarz botqoğiga botiradilar. Biz bunday iş qilmaymiz. Bu hammasi klub rahbari va menejmentning darajasiga boğliq. Mana, deylik, murabbiylar va hakamlar uçun mezonlar bor: turli testlar topşirişadi, ma’lum qonun-qoidalarga böysunişadi. Ammo klublar rahbarlari va menejyerlari uçun lozim mezonlar yöq. Uquvsiz rahbarlar va xodimlar jamoani qiyin ahvolga solib qöyadigan, qarzga botiradigan şartnomalar imzolaşadi. Ertami, keçmi, bu muammo ham barham topadi. Bilişimça, klublar legionerlar bilan tuzajak şartnomalarini ÖFA yuridik xizmati tekşirişi haqida Assotsiatsiya rahbariyatiga topşiriq berilgan. «Navbahor»da xuddi şunday amaliyot böldi va bundan keyin ham ÖFAdagilar bu borada biz bilan hamkorlik qilişini bilib oldik.
Özbekiston futbolidagi ilk professional şartnoma 2002 yilda «Paxtakor»da paydo bölgan. Yaşiradigan joyim yöq – men yaxşi aloqalarim tufayli Moskvaning «Spartak» klubi şartnomasidan nusxa olganman. Öşangaça qisqagina şartlar bilan töldirilgan oddiy bir varaq qoğoz şartnoma hisoblanardi. U şartnomada barça huquq va majburiyatlar körsatilmagan edi.
«Oyiga 20 ming dollargaça maoş olgan futbolçilar bor edi»
- Şartnomalar bilan futbolçilarni manipulyatsiya qilganmanmi? Yöq! «Paxtakor»ning barça futbolçilari bilan özaro işonç birinçi örinda edi. Futbolçilar şunçalik işonar edilarki, şartnomaga hatto qarab ham qöyişmasdi. Albatta, bu işonçni biz oqlaganmiz, aks holda bundayin munosabatning imkoni yöq. Yana bir narsa: yoş tarbiyalanuvçilar bilan uzoq muddatli şartnoma tuziş amaliyotini ham ilk bor «Paxtakor» qöllagan edi. FIFAning ruxsati bilan uzoği 5 yillik şartnoma imzolaş mumkin, biz ana şunça muddatga şartnoma tuzardik. Futbolçini klub tarbiyalaydi, katta futbolga yöllaydi, köp yillar davomida futbolçiga hamma narsa beradi, bunga javoban futbolçi ham klubga qarzini qaytarişi lozim. Yillar davomida bir futbolçiga mehr berib tarbiyalang-u, u ulğaygaç boşqa jamoaga ketvorsa adolatdan emas-da. Bundan taşqari, biz ösib boradigan maoşlarni nazarda tutadigan şartnomalar tuzar edik. Bu futbolçiga qöşimça rağbat berar edi. Masalan, biror futbolçi asosiy tarkibning doimiy a’zosiga aylansa, Milliy jamoaga çaqiruv olsa, biz avtomatik ravişda uning maoşini kötarardik, axir katta futbolçining oddiy tineydjyer oladigan maoş bilan ötirişi töğri emas-da!
Heç qaçon futbolçilarning maoşlarini öynagan daqiqalariga boğlab qöymaganman. Zamonaviy futbolda mana şunday şartnomalar bor va bu oddiy hol. Ha, jamoada maoşlarni öz vaqtida tölaş borasida muammolar bölgan, kimda bölmagan deysiz. Ammo ayrim jamoalarda bölgani kabi «Paxtakor» futbolçilari heç qaçon klub içidagi muammolarni taşqariga olib çiqib, kimlardandir yordam sörab yurmaganlar, çunki qarzdorlikni biz heç qaçon keyingi yilga ötkazib yubormaganmiz. Mavsum yakuniga qadar nafaqat barça futbolçilar yoki murabbiylar, balki barça xodimlar bilan oldi-berdi masalasida muammolarni bartaraf etganmiz.
Eng katta maoş olgan futbolçilar legionerlar va ayrim mahalliy yulduzlar edi. Tafsilotlarni aytgim yöq, umumiy aytadigan bölsam, oyiga 20 ming dollargaça maoş olgan futbolçilar bor edi.
- Men milliy jamoaga boş murabbiy bölgan paytlarimda bunaqasi bölmagan. Bu sotqinlik! Menga qaysi klubning futbolçisi ekanligining farqi yöq. Asosiysi uning holati, qanday formada ekanligi, qay darajada tayyor ekanligi edi. Keling, misollar bilan gapiray: Şomurodov va Maşaripov. Jaloliddin mening öquvçim, men tayyorlagan futbolçi. Men uni asosiy tarkibda öynatsam bölardi, ammo Eldor öynardi. Işoning, Maşaripov asosiy tarkibda tuşirmaganimdan xafa bölgan paytlar bölgan. Javohir Sohibov va Otabek Şukurovni olaylik. Agar öz futbolçisini öynatgan, degan teoriyaga işonsak, men Sohibovni öynatişim kerak edi, ammo tarkibda Şukurov asosiy öyinçi edi, töğrimi? Çunki Şukurov imkoniyatlari e’tibori bilan asosiy tarkib öyinçisi edi. Server Jeparov asosiy tarkib futbolçisi edi, men Jamşid Iskandarovni öynatsam ham bölar edi-ku, töğrimi?
«Şomurodovni tuşunarsiz va şubhali odamlardan himoya qilgandim»
- Şomurodovning xorijga sotişda mening aloqam yöq. Ha, men Eldorga aloqam bor, ammo boşqa tarafdan. Men uni tuşunarsiz odamlardan himoya qilgandim. Men uni German Tkaçenkoga tavsiya qilganman, axir u özbek futboli javohiri, u munosib jamoada öynaşi lozim edi. U va uning işi bilan şuğullangan odamlarga kerakli maslahatlarni berganman. Şunday payt böldiki, uning atrofida şubhali odamlar paydo böla boşladi. Ana şunda men uni töğri yönaltira oldim, deb öylayman. U milliy jamoa futbolçisi va men uçun uning töğri yölda ketişi muhim edi. U öz orzusiga xiyonat qilmadi. Unda arab jamoalaridan takliflar bor edi, ammo u Yevropa yönalişini tanladi va xato qilmadi.
«Aş-Şabob» klubi rahbari bir jomadon pul kötarib kelgan edi»
- Transferlarda iştirok etganmanmi? Albatta! Axir men öz jamoam futbolçisini transfer qilişda qanday qilib qatnaşmay? «Paxtakor» transferlar orqali öz xarajatlarining ma’lum qismini qoplar edi. Bugungi kunda futbolçining rivojlanişi va kelajagini belgilaşda töğri odamlar qölida bölişi juda muhim. Masalan, Odil Ahmedovni xarid qiliş uçun Saudiyaning «Aş-Şabob» klubi rahbari bir jomadon pul kötarib kelgan edi. U Odilni juda yaxşi körib qolgan edi. Biz bunday katta pulni körib, özimizni yöqotib qöyişimiz mumkin edi, biroq bunday bölmadi. Özbekistonning eng yaxşi futbolçisi munosib jamoada öynaşi, mamlakat nomini yoyişi lozim. Oldimizda naqd pul bilan kelgan arab jamoasi taklifi böla turib, biz aniq bölmagan variantlarni tanladik, ya’ni Kiprda yiğin ötkazayotgan Moskva «Dinamo»siga faqatgina körik uçun borişi, ma’qul kelsa öşa yerda qolişi variantigina bor edi. Odil uçib ketişi arafasida Tkaçenko qönğiroq qildi: «Anji» loyihasi bor, bu katta loyiha, hammasi jiddiy, jamoa Moskvada yaşaydi, Guus Hiddink, Roberto Karlos, Samuel Eto va boşqa yulduzlarni xarid qilamiz, Sulaymon Kerimovning loyihasi bu!». Avvaliga jiddiy qaramadim, lekin Tkaçenko meni işontirdi. Odilning bundan keyingi futbolçilik faoliyatini yaxşi bilasiz.
Lobanov va Sergeyev haqida
- Mening aybim – yopilib olganim. Men qarorlarimni öz vaqtida tuşuntirmay xato qilganman, ehtimol. Bu ikki futbolçi milliy jamoada öynay oladigan raqobatbardoş futbolçi edi. Şimoliy Koreyadan uçralgan 2:4 hisobidagi mağlubiyatdan keyin jamoani qabul qilib olganimni bilasiz. Öşa öyinda 3 golni ikkinçi qavatdan ötkazib yuborganmiz. Ignatiy Nesterov mening futbolçim, men u bilan juda yaqinman, oilaviy bordi-keldimiz bor, lekin men uni asosiy tarkibdan çiqarib taşladim. Lobanov esa bizga kerakli paytda barqaror öyin körsatdi. Istalgan murabbiy barqaror öyin körsatayotgan darvozabonni maydonga çiqaradi. Men boş murabbiy bölgan davrda Lobanov yuqori darajada öynadi. Faqat oxirgi ikki öyinda Nesterovni maydonga çiqardim, u ham bölsa ruhiy tomondan muammolar borligi uçun. Nesterov ham işonçimni oqladi. Darvozabonlar orasidagi raqobatda Lobanov asosiy tarkibdagi örnini mehnat qilib qölga kiritdi. Ikki bora Özbekiston çempioni bölgan, öşa paytdagi eng yaxşi darvozabon edi. Yana kim öynasin?
Sergeyev masalasiga kelsak. Kim bunday gap-sözlarni çiqaradi, tuşunmayman. Axir u yuqori saviyali hujumçi. Buni u klubdagi va milliy jamoadagi öyinlari bilan isbotlagan-ku. Uning gollari, ayniqsa, bizga ğalaba keltirgan yoki öyin taqdirini burib yuborgan gollari nahotki yodingizda yöq? U öşa paytda ham yaxşi edi, hozir ham yaxşi – Qozoğiston çempioni böliş va töpurar böliş orqali u yuqori darajadagi futbolçi ekanligini hammaga avval ham isbotlab bölgan, hozir ham isbotlayapti. Yana qanday e’tiroz bölişi mumkin? Qaytaraman, menga kim qayerda öynaşining ahamiyati yöq, menga futbolçining sifatlari muhim. Igor nafaqat gol uriş, balki pressing qiliş, töp uçun kuraşiş, hududlarni oçişda katta işni bajarar edi. U jamoa uçun juda foydali edi.
U ruhiy bosim ostida qoldi? Işonçim komil, u bu bosimni allaqaçon yengib ötgan, u matonatli, irodali yigit. Uni yaxşi bilgan odam sifatida buni işonç bilan ayta olaman. Bölib ötgan işlar uni yanada sabotli qilganiga işonaman. Ortga qarab biz unga töğri baho bera olmayapmiz, negativ tomondan qarayapmiz. Lekin unday emas. U endi YeÇLda öynaydi.
öşa saralaş bosqiçining oxirgi öyinlarida gol ura olmagan faqat Igor emas edi, boşqalar ham gol ura olişmadi.
«Mirabror Usmonovdan meni lavozimimdan böşatişini söraganman»
- Men Xitoyga qarşi öyindan keyin ÖFF rahbari marhum Mirabror Usmonovning qabuliga kirdim: «Meni böşating, katta bosim bölyapti, ketganim ma’qul!». Bunga javoban Mirabror Zufaroviç Xitoyga qarşi öyin unga yoqqanini, eng yaxşi öyinlardan biri bölganini va işimni davom ettirişim zarurligini aytdi. Ayrim noxolis jurnalistlar keraksiz gap-sözlarni paydo qilişar, Sergeyevga ham, menga ham keragidan ortiq bosim yuklab, bölmağur gaplar tarqatişardi...
Bosimlar balki yigitlarga ham ta’sir ötkazgandir?! Ular aynan şu bosim tufayli yaxşi vaziyatlardan foydalana olmagan, böş darvozaga gol urolmagan vaziyatlar böldi. Yigitlarda ruhiy toliqiş sezildi. Nima ham qila olardik, bu milliy jamoa! Jahon çempionatiga juda yaqin ekanimizni his qilib turgandik.
«Birdamlik yöq edi»
- Milliy jamoada işga kirişişdan avval men barçani yiğdim – murabbiylar, jurnalistlar, muxlislarni va bir narsani söradim «birga bölaylik!». Boşida, öşa maş’um mağlubiyatgaça, ya’ni 3-bosqiçning 2-raundiga qadar bor edi öşa birdamlik. Keyin esa tuzatib bölmas xato – Eron bilan öyin sodir böldi. Biz Keyruşning jamoasini ipidan ignasigaça örgandik, men yordamçimni Eronning yiğiniga ham yubordim. Biz öşa vaqtda Eronni mağlubiyatga uçratişga qodir edik. Yerevandagi öyinga borgan yordamçim forslarning faqat ikkinçi raqam sifatida öynaşga tayyorgarlik körgani haqida ma’lumotlar olib keldi. Hammasi yaxşi ketayotgandi, biroq...
«Krasnodar» Yevropa ligasida öynayapti, 3:0 hisobida oldinda boryapti va Ahmedov 93-daqiqada podkat işlatib, jarohat olyapti. Bu endi uning xarakteri, u jangçi, oxirigaça öynaydi. Afsuski, milliy jamoamiz öyini Odilga boğliq edi. Bu jarohat bizga qattiq pand berdi. Ehtimol, Eronga qarşi öşa öyin buriliş nuqtasi bölgandi. Biz Odilni tekşirdik, uni oğriqni qoldiruvçi ukol bilan maydonga çiqarsak bölardi, ammo 15 daqiqa öynay olardi, xolos. Kamiga, jarohatini çuqurlaştirib olişi mumkin edi. Eron bilan öyinda tavakkal qilmaslikni, Xitoy bilan ötadigan öyinda maydonga çiqariş qarorini qabul qildim. Eronni biz har jabhada yengdik, faqat gol urolmadik. Forslar esa standart vaziyatdan gol urib, himoyada yotib olişdi. Ming afsus, Odil yaratişi mumkin bölgan şiddat va kreativ öşa öyinda bizga yetişmadi. Xitoyga qarşi öyinda Ahmedov maydonga çiqdi va butkul boşqaça öyin namoyiş etib, ğalaba qozondik.
Eronga qarşi öyindan keyin yuqorida aytganim birdamlik yöqoldi. 15 oçko jamğarsak biz JÇda öynardik. Dastlabki 2 öyinda 6 oçko oldik, Eronni va Xitoyni yutişimiz va 12 oçko jamğarişimiz lozim edi, bu bizning işimizni juda osonlaştirardi. Janubiy Koreyada ham biz 75-daqiqagaça yaxşi öynadik. Mana şunaqa.
Foto: KUN.UZ
«Qöl ostimda hozirgi darajadagi Şomurodov, Maşaripov bölganidami...»
- Jamoa ğalaba qozonayotgandagina qöllab-quvvatlaş, qarsak çaliş emas, mağlubiyatga uçrayotganida ham öşa alfozda qöllab-quvvatlaş zarur edi. Bizga şu yetişmadi. Albatta, men ham xatolarga yöl qöydim. Qöl ostimda hozirgi darajadagi Şomurodov, Maşaripov bölganidami...
«Marçello Lippi öyindan keyin mendan uzr söragandi»
- Öşa jamoaning kuçi yetib borgan manzilimiz darajasiga mos ekan. Ehtimol, biz boşdan balandroq ham sakray olardik, ammo omad yuz ögirgan vaziyatlar ham böldi. Janubiy Koreyaga qarşi öyinda Haydarovning zarbasi darvoza tösiniga emas, darvozaga borganida nima bölardi? Xitoydagi öyinda biz raqibdan butkul ustunlik qildik, ammo 87-daqiqada şubhali penalti belgilandi darvozamizga. Hatto Marçello Lippi öyindan keyin mendan uzr söragandi: «Mister, sorry! Fortuna».
Biz raqobatbardoş edik. Biz Janubiy Koreya, Eron kabi grandlar bilan tengma-teng olişadigan jamoa edik. Hozir-çi? Hozirgi jamoamizga bir qarang. Eron-u Koreya qayerda, biz qayerdamiz.
Milliy jamoa rulidagi oxirgi matbuot anjumanidagi va’dasi haqida
- Ha, men bir kun kelib hammasini aytib beraman, sizlar bilmaydigan gaplarni oçiqlayman, hozir mavridi emas, degandim. Juda yaxşi eslayman. Va’da bergandim va bir kun kelib haqiqatan ham bu işni amalga oşiraman, faqat hozir biroz erta, meni qiynamang. Oxirgi matbuot anjumaniga kirib kelganimda men butkul horigan va ruhan böm-böş edim. Nima deyişim kerak edi? Kimlar uçundir boksçilar uradigan qop bölib berişim kerakmidi? Öşa nutqimda men barça mujdalarni yetkazgandim.
Bir holatni eslatay. Oxirgi öyin oldidan qay bir jurnalist savol beryapti: «Siz ğalaba qozonsangiz ham, JÇga çiqsangiz ham, iste’foga çiqasizmi?» Savolga qarang-da endi. Axir bu meni muvozanatdan çiqariş, asabimga tegiş, bosim ötkaziş uçun berilayotgan savol-ku. Men hazilga yöydim.
Yana bir voqea. MJ boş murabbiyiman va menga qönğiroq bölyapti: «Falonçi öyinçilarni olma, ularning klubda muhim öyinlari bor». Sening klubing qayerda-yu Vatan jamoasi manfaati qayerda?! Öylab gapiryapsanmi? Men unga yaxşigina javobni berdim, albatta!
Hozir öşa paytda aytolmagan gaplarimni aytsam xunuk iş böladi, ya’ni aybni kimgadir tönkab, özimni oqlayotgandek bölib qolaman.
Milliy jamoaga yana boş murabbiy bölişim mumkinmi? Birinçidan, bunga loyiq böliş kerak. Ikkinçidan, juda katta bosim va stressga çidamli böliş kerak. Hammasini vaqt körsatadi.
Futbolda özbek modelini yaratganmiz
- Hozir milliy jamoani boşqarayotganlar öşa paytdagi xatolardan xulosa qilişi kerak. Bizda har doim yaxşi jamoa bölgan. Men bizda yaxşi öyinçilar yöq, futbolimiz yaxşi emas, bolalar futboli murabbiylari yaxşi işlamaydi, degan gaplarga qöşilmayman. Bu gaplarni gapirayotganlar pastroqqa tuşsin va vaziyatni kuzatsin. Mening iş kunim akademiyani kuzatişdan boşlanar edi, men bolalar futboli bilan yaxşi tanişman. Bizda hozir, adaşmayotgan bölsam, 30 dan ortiq PRO litsenziyasiga ega murabbiy bor. Şunga qaramay biz ispança, niderlandça, portugalça, belgiyaça tizimlar bilan tajribalar ötkazib, rivojlanişga harakat qilib kördik. «Paxtakor» misolida biz özbekça modelni yaratdik. Biz futbolçilarni tayyorlaşning vertikal tizimini yaratdik. Men öz davrim haqida gapiryapman.
Futbol doim rivojlanyapti: fizika, metodika, tezlik, kuraşuvçanlik ortyapti. Eski bagaj bilan yaşaşning imkoni yöq. Men doim oldinga intilaman, öqib, örganaman, bir joyda qotib qolmaslikka harakat qilaman.
Foto: Tribuna.uz
«Orzum va armonim - davlat rahbarini jahon liderlari JÇ yöllanmasi bilan tabriklaşlarini istagan edim»
- Jahon çempionatiga çiqa olmaganimiz eng katta orzum va armonimdir. Öşa matbuot anjumanini eslayman. Öşanda men eng xohlagan narsa muxlislarimizga, xalqimizga mundial yöllanmasini taqdim etiş edi. Men davlat rahbarini jahon liderlari Jahon çempionati yöllanmasi bilan tabriklaşlarini istagan edim. Bizda futbolga e’tibor juda yuqori. Agar davlat tomonidan futbolga berilayotgan e’tiborni oladigan bölsak, biz bu borada jahon çempionimiz. Futbolimiz rahbari futbolni tuşunadi va yaxşi köradi. U yaratib berayotgan şaroitlar bir kun mevasini beradi va biz, albatta, oldimizga qöygan maqsadlarimizga erişamiz.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi