Özbekiston böylab 2022 yil 14 yanvar holatiga köra, 401 ming 604 ta xarid çeklari keşbek uçun «Soliq» mobil ilovasida röyxatdan ötkazilgan. Bu haqda Davlat soliq qömitasi xabar qildi.

Qayd etilişiça, jami keşbek summasi 5 milliard sömdan ortiqni taşkil etgan. Mobil ilovada 25 mingdan ortiq yangi foydalanuvçi röyxatdan ötgan.

Şu bilan birga, çeklardagi ma’lumotlarni notöğri körsatiş, QR-kodli çeklarni bermaslik, boşqa şaxslarning çeklari hisobiga keşbekka ega böliş kabi iste’molçilar huquqlarini poymol qiluvçi, keşbek amaliyotiga salbiy ta’sir etuvçi holatlar kuzatilgan. Savdo xodimlari tomonidan onlayn-NKM çeklarining nusxasini çop etgan holda xaridordan avvalroq röyxatdan ötkaziş holati köp uçragan.

Iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş va huquqbuzarliklarning oldini oliş maqsadida bir qator talablar örnatilmoqda. Xususan, QR-kodli çek birinçi marta «Soliq» mobil ilovasida skanerlanganda iste’molçi tomonidan kiritilgan telefon raqami bilan ma’lumotlar bazasida avtomatik röyxatga olinadi. Qayta skanerlanganda qurilma ekranida çek qaysi raqam orqali röyxatga olinganini körsatuvçi eslatma paydo böladi.

Şuningdek, har bir fuqaro bir kunda bitta savdo nuqtasidan 5 tagaça çekni röyxatga oliş tartibi joriy etiladi. 6-çek röyxatdan ötkazilganda qurilma ekranida kunlik limit tugagani töğrisida eslatma paydo böladi.