Boş prokuratura Andijon viloyati perinatal markazi hududida noqonuniy ravişda daraxtlar kesilgani bilan boğliq holat yuzasidan tuzilgan işçi guruhining örganiş natijalarini e’lon qildi.
Ma’lum bölişiça, uşbu holat yuzasidan Andijon şahar obodonlaştiriş boşqarmasi boşliğiga nisbatan Jinoyat kodeksining 198-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.
«Özbekiston Respublikasi prezidentining 2021 yil 30 dekabrdagi «Respublika kökalamzorlaştiriş işlarini jadallaştiriş, daraxtlar muhofazasini yanada samarali taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmoni bilan davlat örmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarining kesilişiga moratoriyning amal qilişi muddatsiz davrga uzaytirilgan.
Şunga qaramasdan, Andijon şahar obodonlaştiriş boşqarmasi boşliği Ğ.Ş. tomonidan Andijon viloyati perinatal markazi hududidagi Eldor qarağayi (Pinus eldarica) navli 12 tup daraxtlar qonunga xilof ravişda kesib yuborilganligi oqibatida tabiatga 115,5 mln. söm miqdorida zarar yetkazilgan.
Ötkazilgan tekşiriş natijasiga köra, Andijon şahar obodonlaştiriş boşqarmasi boşliği Ğ.Ş.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 198-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatildi», deyiladi xabarda.
Ayni vaqtda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq, viloyat perinatal markazi xodimlaridan biri Kun.uz muxbiri bilan suhbatda daraxtlar viloyat hokimi Şuhrat Abdurahmonovning topşiriği bilan kesilganini aytgandi.








