2022 yil boşida Rossiya Ukrainadan öz diplomatik xodimlarining oila a’zolarini olib çiqqan. Bu haqda The New York Times amerikalik va ukrainalik amaldorlarga asoslanib xabar tarqatdi.
5 yanvar kuni Ukrainani avtobusda 18 kişi tark etgan, Ukraina maxsus xizmatining yuqori martabali mulozimi şaxsi sir qolişi şarti bilan bergan ma’lumotga köra, bu guruhning asosiy qismi rossiyalik diplomatlarning rafiqalari va farzandlari bölgan.
Yana bir neça kun ötib ularning ortidan Kiyevdagi RF elçixonasi va Lvovdagi konsulxonadan yana 30 nafarga yaqin kişi jönab ketgan. Naşr suhbatdoşining sözlariga köra, boşqa ikki konsulxonadagi rossiyalik diplomatlarga ham Ukrainadan evakuatsiya bölişga tayyorlaniş böyiça buyruq berilgan.
Naşr manbasi tasdiqlaşiça, AQŞ tomoni Rossiya Ukrainadagi diplomatlarining oila a’zolarini mamlakatdan olib çiqişga tayyorlanayotgani haqida dekabr oyi oxiridayoq xabar topgandi.
NYT naşrining yozişiça Rossiyaning Ukrainadagi elçixona va konsulxonalari xodimlari qisqartirilişi propaganda, qurolli mojaroga tayyorgarlik yoki hiyla — yoki barçasi birgalikda bölişi mumkin.
Öz navbatida, TASS agentligi Rossiya TIVga asoslanib, Rossiyaning Kiyevdagi elçixonasi «ştat rejimida işlayotgani»ni ma’lum qilgan.


















