Oliy Majlis Senatining “Samarqand viloyatining Oqdaryo, Past Darğom, Samarqand, Toyloq tumanlari va Samarqand şahri mavjud ma’muriy-hududiy çegaralarini özgartiriş, Samarqand şahri tarkibida Qorasuv, Söğdiyona, Siyob, Boğişamol, Maroqand tumanlarini taşkil qiliş hamda Samarqand tumanini tugatiş töğrisida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Vazirlar Mahkamasining taklifi qabul qilinib:

  • Samarqand viloyatining Oqdaryo, Past Darğom, Samarqand, Toyloq tumanlari va Samarqand şahri ma’muriy-hududiy çegaralari özgartiriladi:
  • Samarqand viloyati Oqdaryo tumanidan 1 654 gektar, Samarqand tumanidan 12 975 gektar,  Past Darğom tumanidan 1 245 gektar, Toyloq tumanidan 1 269 gektar yer maydonlari Samarqand şahri tarkibiga;
  • Samarqand şahridan 528 gektar, Samarqand tumanidan 1370 gektar yer maydonlari Past Darğom tumani tarkibiga;
  • Samarqand tumanidan 29 283 gektar yer maydoni Toyloq tumani tarkibiga ötkaziladi.

Samarqand tumani alohida ma’muriy-hududiy birlik sifatida tugatiladi.

Umumiy yer maydoni 28 415 gektar bölgan Samarqand şahri tarkibida umumiy yer maydoni 8 250 gektar bölgan Qorasuv tumani, umumiy yer maydoni 3 741 gektar bölgan Söğdiyona tumani, umumiy yer maydoni 4 846 gektar bölgan Siyob tumani, umumiy yer maydoni 3 246 gektar bölgan Boğişamol tumani, umumiy yer maydoni 8 333 gektar bölgan Maroqand tumani taşkil etiladi.

Samarqand viloyati Samarqand şahar çegarasining tavsifi va çizmasi, Samarqand şahri tarkibida taşkil etilgan Qorasuv, Söğdiyona, Siyob, Boğişamol va Maroqand tumanlari çegarasining tavsifi va çizmasi, Samarqand viloyatining Oqdaryo, Samarqand, Past Darğom, Toyloq tumanlari hududidan Samarqand şahar hududiga ötkazilayotgan yer maydoni çegaralarining tavsifi va çizmasi, Samarqand şahri va Samarqand tumanidan Past Darğom tumani tarkibiga ötkaziladigan yerlar çegarasining tavsifi va çizmasi, Samarqand tumanidan Toyloq tumani tarkibiga ötkaziladigan yerlar çegarasining tavsifi va çizmasi tasdiqlanadi.

Yangi taşkil etilgan Maroqand tumani tarkibidagi Gulobod massivi Samarqand viloyatining ma’muriy markazi etib belgilanadi.

Belgilab qöyilişiça, çegarasi özgarayotgan Toyloq, Past Darğom, Oqdaryo tumanlari va tugatilayotgan Samarqand tumani saylov okruglaridan saylangan xalq deputatlari Samarqand şahar kengaşi deputatlari hisoblanadi.