Örganiş yakunlari böyiça qöşimça axborot beriladi, deya Kun.uz'ga ma’lum qildi agentlik direktorining matbuot kotibi Durdona Oçilova.

Eslatib ötamiz, avvalroq “Sevimli” telekanalidagi “Sabriya” milliy serialida behayo sahnalar efirga uzatilgani va bu tanqidlarga sabab bölgani ortidan telekanal boş direktori va boş muharriri işdan olingan edi.

Keyinroq, masalaning boşqa jihati “Sevimli” telekanalining egalari – Kinematografiya agentligi boş direktori Firdavs Abduxoliqovning öğli, qizi va rafiqasi ekani ayon böldi. Bu telekanalning kamida uçta milliy serialida davlat buyurtmaçisi – ayni Kinematografiya agentligi.

Şuningdek, keça Abduxoliqovning oila a’zolaridan iborat telekanal ta’sisçilari uni telekanal Kuzatuv kengaşiga rahbar etib tayinlagan. Bu esa manfaatlar töqnaşuviga oid yangi savollarni uyğotadi, çunki milliy seriallar uçun xususiy telekanallarga budjetdan beriladigan milliardlab subsidiyalarning taqsimlovçisi – aynan Kinematografiya agentligidir.