Özbekistondagi maktab va OTMlarda uzaytirilgan qişki ta’tildan söng öqiş 24 yanvardan onlayn şaklga ötkazilmoqda. Maktabgaça ta’lim taşkilotlari esa öz faoliyatini davom ettiradi. Bu haqda Maktabgaça ta’lim vazirligi matbuot xizmati Kun.uz’ga xabar berdi.

12 yanvardan MTTlarda karantin qoidalari kuçaytirilgan. Boğçalar şu karantin qoidalariga amal qilgan holda faoliyatini davom ettiradi.

Kuçaytirilgan karantin qoidalariga köra, davlat maktabgaça ta’lim taşkilotlarida COVID-19 pandemiyasi davrida maktabgaça ta’lim taşkilotlarining iş faoliyatiga qöyiladigan vaqtinçalik sanitariya-gigiyenik talablarga qat’iy rioya etiladi, tadbirlar ötkazilmaydi.

Ota-onalar va taşqaridan mehmonlar kirişiga yöl qöyilmaydi (zarur vaziyatlarda sönggi uç kunlik PZR testi va emlanganligi haqida sertifikati bölişi lozim).

Yiğilişlar ötkazilişi çeklanadi, zarur hollarda yiğilişlarni video-konferens-aloqa rejimida ötkaziş çoralari köriladi.

Mazkur çeklovlarning buzilişiga yöl qöyilgan taqdirda tegişli tartibda javobgarlik çoralari (hayfsan, jarima va b.q.) qöllaniladi.