Farğonada noqonuniy ravişda yer ajratib beriş evaziga pora söragan prokuratura xodimi uşlandi. Bu haqda Boş prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, 18 yanvar kuni Farğona viloyati prokuraturasi DXX viloyat boşqarmasi tezkor xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir ötkazgan. Tadbir davomida Farğona viloyati prokuraturasi bölim katta prokurori A.T. mansab vakolati doirasiga kirmasa-da, fuqaro A.X.dan unga tegişli bölgan göşt dökoni orqa tomonida joylaşgan 1,5 sotix yer maydonini göyoki kadastr xodimlari yordamida uning nomiga rasmiylaştirişni va’da qilgani aniqlangan. Prokuratura xodimi xizmati evaziga 1000 AQŞ dollarini firibgarlik yöli bilan olgan vaqtida uşlangan.
Şu kuni mazkur holat yuzasidan Farğona viloyati prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «v» bandi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi 1-qismi (pora beriş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Gumonlanuvçi protsessual tartibda uşlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Bundan avvalroq Boş prokuratura 2021 yilda Özbekistonda 2,8 ming nafar mansabdor şaxsga nisbatan jinoiy iş qözğatilgani haqida xabar bergandi.











