Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kattaqo‘rg‘onda soliqchining o‘limiga sabab bo‘lgan YHXB xodimlariga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha apellyatsiya sudi boshlandi
Foto: KUN.UZ
2021 yil 10 iyun tunda Kattaqo‘rg‘on tumanida IIB YHXB xodimlari tuman soliq idorasi boshlig‘i o‘rinbosari Azizbek Ahmedovning o‘limiga sababchi bo‘lgandi. 2021 yil 3 dekabr kuni aybdorlarga hukm o‘qilgandi. Kun.uz muxbirining xabar berishicha, har ikki tomonning apellyatsiyasi bilan jinoyat ishi qayta ko‘rib chiqilmoqda.
2021 yil 3 dekabr kuni, jinoyat ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on tuman sudida sudlanuvchilar M.Qo‘chqorov (1987 yilda tug‘ilgan, Kattaqo‘rg‘on tumani IIB YHXB boshlig‘i lavozimida ishlagan) va Sh.Rahimberdiyev (1990 yilda tug‘ilgan, Samarqand viloyati IIB YHXB YPXB 4-otryad katta inspektori lavozimida ishlagan) ga nisbatan jinoyat ishi ko‘rib chiqilgan va aybdorlarga sud hukmi o‘qilgan.
E’lon qilingan sud hukmiga ko‘ra, M.Qo‘chqorov va Sh.Rahimberdiyev Jinoyat kodeksining 102-moddasi (ehtiyotsizlik orqasidan odam o‘ldirish) 1-qismi va 206-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilgan.

Sudlanuvchilar 2 yil ichki ishlar organlarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, ularning har biriga 2 yilu 10 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Tayinlangan jazoni manzil-koloniyalarda o‘tash belgilangan.
Kun.uz muxbiriga ko‘ra, sud hukmidan ayblanuvchi va jabrlanuvchi tomon norozi bo‘lgan va apellyatsiya bergan. Shu sababli jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyat sudi ishni qayta ko‘rib chiqishni boshlagan.
Marhum soliqchining ukasi Asliddin Ahmedov Kun.uz’ga aybdorlar yetarlicha jazolanmagani, akasining o‘limida hodisa ishtirokchisi bo‘lgan to‘rt nafar YHXB xodimlarini ham aybdor deb bilishini va ular ham yetarlicha jazolanishi lozimligi uchun apellyatsiya berishganini aytdi.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yil 10 iyun kuni Kattaqo‘rg‘on tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari Aziz Ahmedov yo‘l harakati xavfsizligi xodimlarining zo‘ravonligi tufayli vafot etgan. Mazkur hodisa OAVda tarqalgach, IIV matbuot kotibi munosabat bildirib, soliqchi boshqaruvidagi Cobalt svetoforning qizil chirog‘ida to‘xtamasdan, xodimlarning to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmasdan, yuqori tezlikda harakatlanib yashirinmoqchi bo‘lganini, so‘ng haydovchi mashinani tashlab, piyoda qochishga uringanini ma’lum qilgandi. Ammo Kun.uz surishtiruvida voqealar tafsiloti boshqacharoq bo‘lgani aniqlangandi.
Mavzuga oid
14:14 / 18.10.2025
Farg‘onada 2 ta mashina to‘qnashdi, ulardan biri piyodani ham urib yubordi
23:20 / 28.09.2025
Toshkentda Cobalt piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan fuqaroni urib yubordi
08:44 / 26.08.2025
Katta yo‘lda Cobalt avtomobilini boshqarib yurgan 13 yoshli bola aniqlandi
11:52 / 14.08.2025