Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Toşkent şahridagi qator ob’yektlarga taşrif buyurib, mutasaddilar bilan yaşil maydonlarni kengaytiriş masalalarini muhokama qildi.

«Toşkent jadal rivojlanmoqda, ammo, ayni paytda, şahrimizda yaşil hududlar nihoyatda kam. Yangi istirohat boğlari barpo etiş va atrof-muhitni kökalamzorlaştiriş – poytaxt kelajagi uçun eng zarur ustuvor yönalişlardan.

Aynan şu sababdan şahardagi qator muhim ob’yektlarni borib kördim. Har bir maskanning öz örni, xususiyati bor. Maqsadimiz bitta – ularni xalqqa xizmat qiladigan qulay manzilga aylantiriş», – deyiladi postda.

Xususan, PA rahbari öz jamoasi bilan Afrosiyob köçasidagi boğni közdan keçirgan. Bu yerda barça emin-erkin dam olişi uçun zarur şaroitni yaratiş rejalaştirilmoqda. Şuningdek, Sayilgoh köçasi, Amir Temur şohköçasi va unga tutaş hududlarni yangilaş, Bobur nomidagi Ekopark hamda Mirzo Uluğbek nomidagi boğ maydonlarini kengaytiriş masalalari muhokama qilingan.

«Asosiy vazifamiz – poytaxtimizga “yaşil şahar” maqomini qaytariş, odamlar mazmunli hordiq çiqarişi va sayr qilişi uçun imkon qadar köproq oçiq maydonlar yaratişdir. Qulay va xavfsiz muhitni rivojlantiriş, kökalamzorlaştiriş işlarini izçil davom ettiriş hamda mavjud infratuzilmadan samarali foydalaniş lozim.

Şahar aholisining turmuş darajasini yaxşilaş yölida bu masalalarni hal etişga zudlik bilan kirişmoq juda muhim», – deya yozadi Mirziyoyeva.