Ma'lum qilinişiça, Kattaqörğon tuman Davlat soliq inspeksiyasi boşliğining birinçi örinbosari Azizbek Ahmedov ölimi yuzasidan qözğatilgan jinoyat işi tergovi yakunlangan. Mazkur jinoyat işida Kattaqörğon tumani IIB YHXB ikki nafar xodimiga ayblov e'lon qilinib, ularga nisbatan qamoqqa oliş ehtiyot çorasi qöllangan.
Qayd etilişiça, tergov xulosasi 2021 yilning 14 sentabr kuni körib çiqiş uçun sudga yuborilgan.
«Kattaqörğon tumani IIB YHXB xodimlarining faoliyati jarayonida tuman Davlat soliq inspeksiyasi boşliği birinçi örinbosarining ölimi yuz berganligi holati yuzasidan qözğatilgan jinoyat işi böyiça tergov harakatlari yakunlandi. 14 sentabr kuni jinoyat işi mazmunan körib çiqiş uçun sudga yuborilgan. Jinoyat işi doirasida ikki nafar şaxsga ayb e'lon qilinib, qamoqqa oliş tarzida ehtiyot çorasi qöllangan», – deydi Hayot Şamsutdinov.
Eslatib ötamiz, joriy yil 10 iyun kuni Kattaqörğon tuman davlat soliq inspeksiyasi boşliği örinbosari Aziz Ahmedov yöl harakati xavfsizligi xodimlarining zöravonligi tufayli vafot etgan. Mazkur hodisa OAVda tarqalgaç IIV matbuot kotibi munosabat bildirib, soliqçi boşqaruvidagi «Cobalt» svetoforning qizil çiroğida töxtamasdan, xodimlarning töxtaş işorasiga böysunmasdan, yuqori tezlikda harakatlanib yaşirinmoqçi bölganini, söng haydovçi maşinani taşlab, piyoda qoçişga uringanini ma'lum qilgandi. Ammo Kun.uz suriştiruvida voqealar tafsiloti boşqaçaroq bölgani aniqlangandi.
Şundan söng mazkur hodisa Boş prokuratura va Senat nazoratiga olingandi.
Ma'lumot uçun, 2018 yil 29 avgust kuni tunda Kattaqörğon şahar hokimining örinbosari, 1982 yilda tuğilgan Nodir Xuşvaqtov öziga biriktirilgan, davlat raqami 30 425 SAA bölgan «Chevrolet Nexia» rusumli avtomaşinada avtohalokatga uçrab, şifoxonada hayotdan köz yumgandi. Öşanda N. Xuşvaqtovning otasi Hamidulla Xuşvaqtov öğlining ölimida YPX xodimlarini ayblab çiqqandi. Uning aytişiça, YPX xodimlari öğlini quvişgan va u qoçaman deb yöl-transport hodisasiga uçrab vafot etgan.












