Farğona viloyati hokimi Xayrulla Bozorov va Özbekiston prezidenti administratsiyasi vakili Abdulla Tursunov iştirok etgan xalq deputatlari Boğdod tuman kengaşining navbatdan taşqari sessiyasida Vosiljon Şuhratoviç Nazarov Boğdod tumani hokimi etib tayinlandi.

Vosiljon Nazarov

2018 yildan beri Boğdod tumaniga hokimlik qilgan Alibek Tursunov viloyat hokimining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari lavozimiga tayinlangani munosabati bilan lavozimidan ozod etilgandi.

Vosiljon Nazarov 1984 yil Buvayda tumanida tuğilgan. Toşkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. 2006 yildan moliya tizimida mehnat qilib keladi. 2019 yildan buyon viloyat moliya boş boşqarmasi boşliği vazifasida faoliyat yuritib kelayotgandi.

Kun davomida Quva, Yozyovon va Özbekiston tumanlariga ham yangi rahbarlar tayinlangandi.

2019 yil martidan Farğona viloyati hokimining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari vazifasida işlab kelgan Halimjon Komiloviç Umarov Quva tumani hokimi etib tasdiqlandi.

Halimjon Umarov

Umarov 2006-2018 yillarda Toşloq tumani hokimi, 2018-2019 yillarda Quva tumani hokimi vazifasida işlagan.

Bungaça Quva tumanining 4ta sektor rahbari - tuman hokimi Ravşan Qurbonov, prokuror Baxtiyor Vahobov, içki işlar bölimi boşliği Elyor Haydamatov, soliq inspeksiyasi boşliği Nosir Maqsudov lavozimidan ozod etilgandi.

«Farğona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» aksiyadorlik jamiyati boş direktori lavozimida faoliyat yuritib kelgan Dilşodjon Tursunmurodoviç Jalilov