Boşsiz va qölsiz murda

2000 yil 27 sentyabr kuni Toşkent viloyati Zangiota tumanidagi “Navröz” şirkat xöjaligi hududidan oqib ötuvçi kanaldan 40-50 yoşlardagi noma’lum ayol kişining murdasi topildi. Murdaning noodatiyligi şunda ediki, uning boşi va ikkala qöli mavjud emas edi.

Hodisa joyi Zangiota tumani va Toşkent viloyat prokuraturasi hamda içki işlar organlari xodimlari, kriminalist prokuror va sud-tibbiy ekspertlardan iborat maxsus tergov guruhi tomonidan közdan keçirildi.

Holat yuzasidan JK 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari boşlab yuborildi.

Keyinçalik jinoyat işi böyiça tergov Boş prokuraturaga ötkazildi.

Dastlab, ayolning şaxsini aniqlaş çoralari körildi. Ekspertiza marhumning rus millatiga mansubligini qayd etdi. Şunga asosan, yaqin oradagi hududlardan rus millatiga mansub, 40-50 yoşlardagi ayolning bedarak yöqolişi holatlarini aniqlaş harakatlari olib borildi.

Şuningdek, keng kölamli suriştiruv işlari ham taşkil etildi. Jabrlanuvçi boşqa davlat fuqarosi bölişi mumkinligi ehtimoli ham inobatga olinib, mehmonxonalarda yaşab turgan ayol kişilardan yöqolib qoliş holatlari bor-yöqligi örganildi. Lekin bu kutilgan natijani bermadi.

“Jasur 222-12-42”

Jasadning egnida bölgan kiyimlari atrofliça örganilganida, şimining çöntagida “Jasur 222-12-42” yozuvi tuşirilgan qoğozça aniqlandi.

Bu katta ehtimol bilan telefon raqami edi.

222-12-42 raqamli telefon Toşkent şahri, Yakkasaroy tumanida yaşovçi fuqaro B.Hamidov uyida örnatilgani aniqlandi. Fuqaro söroq qilinganida, u telefon raqamini 40-50 yoşlardagi ayolga bermaganini ma’lum qildi.

Tekşiriş jarayonida uşbu fuqaroga qöşni hovlida Andijondan ikki aka-uka kelib, ijarada yaşaganligi, ularning kiçigining ismi Jasur ekani, ba’zida ular şu xonadonga kelib, telefondan foydalanib turişgani, keyin köçib ketişgani ma’lum böldi.

Jasurning şaxsi aniqlanib, tergovga jalb etilganida, u rostdan ham Toşkentda ijarada yaşaganini, ba’zan öşa xonadonning telefonidan foydalanganini tasdiqladi. Biroq jinoyat haqida heç narsa bilmasligini ta’kidladi.

Töğri yölga tuşgan suriştiruv