Reytingga köra, Özbekiston 2020 yilga nisbatan 6 poğonaga kötarilib, 180 mamlakat orasida 140-örinni egalladi.
Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi direktori Akmal Burhonovning xabar berişiça, Özbekiston indeksda sönggi beş yil davomida barqaror ösiş (2017 yilda 22 balldan 2021 yilda 28 ballgaça) qayd etib, mintaqadagi tez sur’atlarda yaxşilanib borayotgan davlatlar qatorida e’tirof etilgan.
Korrupsiyani qabul qiliş indeksi davlat sektorida korrupsiya darajasi böyiça ekspertlar va tadbirkorlar baholari asosida 0dan (korrupsiyani qabul qilişda eng yuqori körsatkiç) 100ga qadar (eng past) şkala böyiça hisob-kitob qilinadi.
Şu bilan bir qatorda, reytingda Özbekiston 28 ballni qayd etdi.
Korrupsiyani qabul qiliş indeksi davlat sektorida korrupsiya darajasini aks ettirib, uni işlab çiqişda qator manbalardan, şu jumladan, ekspertlar baholari va işbilarmon doiralar vakillari örtasida ötkazilgan sörovnomalardan foydalaniladi.
Reytingda 88 ball bilan Daniya, Finlandiya va Yangi Zelandiya yetakçilikni qölga kiritdi. Top-10 reytingdan Norvegiya, Singapur va Şvetsiya (85 balldan), Şveytsariya (84), Niderlandiya (82), Lyuksemburg (81) va Germaniya (80 ball) ham joy oldi.
Eng yomon körsatkiçni Janubiy Sudan (11 ball), Suriya va Somali (13 balldan), Venesuela (14 ball) va Yaman qayd etdi (16 ball).












