Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi, «Mehnat şuhrati»ordeni sohibi, taniqli dramaturg, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi a’zosi Şarof Boşbekov 2022 yilning 26 yanvar kuni olamdan ötdi. Bu haqda Yozuvçilar uyuşmasi xabar qildi.

Şarof Boşbekov 1951 yil 4 yanvarda Samarqand viloyati Bulunğur tumani Ğubir qişloğida tuğilgan. 1974 yili Toşkent teatr va rassomçilik san’ati institutini tamomlagan. Öqişni tugatgaç, Muqimiy nomidagi davlat musiqali teatri, Sirdaryo viloyati musiqali drama teatrida faoliyat körsatgan. Şundan söng Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi (1983—1985), Özbekiston Milliy davlat akademik drama teatrida (1986—1987) adabiy xodim bölib xizmat qildi.

Şarof Boşbekov yozuvçilik ijodini 1980 yilda «Taqdir eşigi» nomli komediya bilan boşlagan. Şundan söng adibning birin-ketin yozilgan «G» varianti» (1981), «Ğurur» (1982), «Jumboq» (1986) hikoyalari, «Tikansiz tipratikanlar», «Musiqa sayyorasi», «Tentak fariştalar», «Tuşov uzgan tulporlar» (1983) dramasi, «Eşik qoqqan kim?» (1987), «Eski şahar gavroşlari» (1998), «Temir xotin» (1989) kabi jiddiy komediyalari özbek dramaturgiyasi xazinasini boyitdi. «Temir xotin» komediyasi nafaqat respublikamiz, balki boşqa mamlakatlar teatrlarida ham sahnaga qöyildi. Mazkur asar avval Respublika miqyosida ötkazilgan teatr festivalida boş sovrin – «Gran-pri»ni qölga kiritdi, söngra Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida ötkazilgan teatr festivalining mutlaq ğolibi, deb topildi. Uşbu pesa asosida badiiy film, operetta işlandi. Asar 1989 yilda Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasining Maqsud Şayxzoda nomidagi yillik mukofotiga loyiq topildi.

Şarof Boşbekov ssenariysi asosida «Ma’ruf va Şarif», «Yuzsiz» (1993), «Tilla bola» (1994) kabi filmlar yaratildi. U «Masxaraboz» (1996), «Farhod va Şirin» filmlarida ham ssenariy muallifi, ham rejissyor sifatida iştirok etdi. Uning ssenariysi asosida «Çarxpalak» teleseriali suratga olingan. Bundan taşqari, «Tentak fariştalar» (1995), «Zördan zör çiqsa» (1996) kabi sahna asarlari ham respublika teatrlarida muvaffaqiyatli namoyiş etildi.

Hajviy hikoyalari «Özbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasining «Yilning eng yaxşi hajviy asari» (1982) mukofotiga munosib körilgan. «Muştum» jurnalida e’lon qilingan «Buyuk maqtançoqlik», «Buyuk qörqoqlik», «Buyuk baxtiyorlik» nomli publitsistik maqolalariga jurnalning «Yilning eng yaxşi publitsistik asari» (1992) mukofoti berilgan.

Mustaqillik yillari «Öyin» (2002), «Doka römolning qurişi» (2004) telefilm ssenariylarini yozdi, «Söqmoq» (2003), «Mehr va mauzer» (2007) kinoqissalarini yaratdi. «Eşik qoqqan kim böldi?» (1989), «Falakning gardişi» (2009), «Musofir bölmagunça» (2009), «Tentak farişta» (2010), «Çarxpalak» (2017), «Tanlangan asarlar» («2021») kabi töplamlari naşr etilgan.