Robot xotin işdan çiqdi, ya’ni buzilib qoldi. Çunki u bir neça kun davomida özbek ayoli umri davomida qilib kelgan vazifalarni bajarişga uringandi. Vaholanki, robot heç qaçon çarçamasligi, şikoyat qilmasligi kerak edi. Şarof Boşbekovning "Temir xotin" asari nafaqat ezilgan ayollar hayoti, balki butun jamiyat taqdirini aks ettiradi. "5 daqiqa"ning navbatdagi sonida şu haqida gaplaşamiz.
Qöçqor sodda, qörs, lekin köngli toza inson. Katta şoirimiz Abdulla Oripov ta’biri bilan aytganda, “dunyoni bir kölmak hovuz deb biladi”. Juda tor qaraşlari bilan körganiga, eşitganiga işonib yaşab yurgan odam.
U mast bölsa, butun mahallani oyoqqa turğazadi. Qöçqor ayoli Qumrining yuragi haqida öylamaydi. Qumri mahalladoşlar yordamida erini daraxtga boğlab qöyadi.
Qumri mehrsizlikdan çarçagan. U özini emas, oilasini, bolalarini asrab qoliş uçun otasinikiga arazlab ketadi.
Bu sahnada er-xotin munosabati kulgili körinsa-da, aslida ötkir ijtimoiy oğriq yotadi. Yillar davomida yiğilgan oğriq, çarçoq va qadrsizlik bor.
Robot çarçamaydi, şikoyat qilmaydi...
Olimjon özining ilmiy yutuği - ayol qiyofasidagi robotni olib keladi. Unga Alomat deb ism qöyişadi. Olimjonning maqsadi - inson mehnatini yengillaştiriş, ayollarning oğir yukini kamaytiriş. U Qöçqorga şunday deydi:
“Bu temir xotin, işdan çarçamaydi, şikoyat qilmaydi, oğriq sezmaydi, barça işni sözsiz bajaradi”.
Qöçqor avvaliga işonmaydi, keyin qiziqiş bilan qabul qiladi. Şu tariqa “Alomat” uning uyiga kirib keladi - heç qaçon gap qaytarmaydigan, heç narsadan şikoyat qilmaydigan “mukammal” xotin sifatida. Qöçqor Alomatni, ya’ni robotni “nikoh”lab oladi.
Alomat işga kirişadi: uyni tozalaydi, kir yuvadi, molga qaraydi, ovqat tayyorlaydi. Ammo unda heç qanday issiqlik, mehr va jon yöq edi. Qöçqor ilk kundayoq uning “sovuq qöllaridan” bezovta böladi. U şunday deydi:
“Xafa bölmang-u, Alomatxon, şu, Qumrining qöllari qadoq bosib, yorilib ketgan bölsayam bir nimasi bor edi-da... Öşa nima ekan-a?”
Alomat inson hissini anglaşga urinadi. U Qöçqorni gipnoz qiladi, “yiğlaş”ni örgatmoqçi böladi. Qöçqor ilk marta öz dardini his qiladi: mehnat, haqorat, qadrsizlik - bu faqat ayollarning emas, butun xalqning, jamiyatning oğriği ekani namoyon böladi. Alomat unga közgu tutadi - kattalarning yonida bir marta minbarda ötirgani, hurmat taxtasidagi surati, Toşkentga borgani bilan faxrlaniş, tinimsiz mehnat qilsa-da, biri ikki bölmayotganini tahlil qilib beradi. Qöçqor şu nuqtada portlaydi.











